“IShID” bayrog‘i, xudkush-terrorchilar va portlashlar: Shri-Lankada navbatdagi hujum

Shri-Lanka Seyntamarutu shahrida portlagan uyda jami 15 nafar, 6 nafar erkak, 3 nafar ayol va 6 nafar bolaning jasadi topildi.
Sputnik

TOShKENT, 27 apr  — Sputnik. Shri-Lankaning sharqiy qismida uy portladi. Voqea joyida 15 nafar inson, shulardan 6 ta bolaning jasadi topildi. Bu haqda RIA Novosti Ada Derana  portaliga asosan xabar qildi.

Navbatdagi hujum: Shri-Lankada yana portlash sodir bo‘ldi

“Seyntamarutu shahrida portlagan uy ichida jami 15 nafar, 6 nafar erkak, 3 nafar ayol va 6 nafar bolaning jasadi topildi”, - deyilgan xabarda.

Kuni kecha Kalmunay shahrida yana uchta portlash yuz berdi. Shunday keyin politsiya komendantlik soatini joriy qildi va 20 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi.

Shri-Lanka harbiylari va gumonlanuvchilar o‘rtasida otishma yuz berdi. Harbiylar ikki nafar jangarini yo‘q qilishdi.

To‘qnashuv davomida ikki nafar jangari va mahalliy fuqaro halok bo‘ldi.

Xabarda ta’kidlanishicha, Harbiylar reydlar davomida portlash qurilmalar, harbiy kiyim hamda “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasining bayroqlarini aniqlashdi.

Hujum ostida qolgan Shri-Lanka

Shu yil 21-aprelda Shri-Lankada katoliklar Pasxa bayram marosimida 8 ta portlash sodir bo‘ldi. Birinchi oltita – Kolombo, Negombo, Battikaloa shaharlardagi cherkov va otellarda, yettinchi orolning g‘arbida hamda sakkizinchi portlash Kolomboning aholi turar majmuada sodir bo‘ldi.

Mahalliy OAVlarga qaraganda, teraktlarni hudkush-terrorchilar tomonidan sodir etdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 359 kishi halok bo‘ldi, 500 kishi jarohatlandi.

Shri-Lanka qurbonlari orasida o‘zbekistonliklar yo‘q – TIV

Dushanba kuni Kolomboda yuk mashinasida yana bir bomba aniqlandi.

Saporlar terakt sodir etilgan cherkov yonida topilgan bombani zararsizlantirish vaqtida yuk mashinasi portlab ketgan.

“Islom davlati” xalqaro terrorchilik uyushmasi Shri-Lankadagi portlashlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Mamlakat prezidenti Maytripal Sirisen mudofaa vazirligi kotibi Xemasiri Fernando va politsiya boshlig‘i Pujitxa Jayasundaru iste’foga ketishini so‘radi.

*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot