Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayevning yaqindagi O‘zbekistonga tashrifi, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvlar ikki davlat o‘rtasida harbiy hamkorlikning rivojlanishiga yangi turtki berdi. Qozog‘iston va O‘zbekiston havo hujumiga qarshi mudofaa va aerodrom-texnik ta’minoti masalalari bo‘yicha bitimni imzolashdi. Bu harbiy hamkorlikni rivojlantirishning navbatdagi bosqichidir, kelgusida strategik sheriklikni yanada mustahkamlanadi.
Havo hujumiga qarshi sohasidagi yangi hujjatlar O‘zbekiston va Qozog‘iston havo chegaralarini himoya qilish vositalari va navbatchilik kuchlari o‘zaro hamkorligini tartibga soladi va tahdidlarga o‘z vaqtida javob qaytarish imkonini beradi.
Harbiy aerodromlardan birgalikda foydalanish haqida bitim ikki davlat harbiy aviatsiyasiga o‘zbek-qozoq chegarasini soddalashtirilgan tartibda kesib o‘tishga ruxsat beradi. Shuningdek, doimiy turar (dislokatsiya) joyidan katta uzoqlikda samolyotlarga yonilg‘i quyish imkonini beradi (qo‘shni mamlakatlar hududida).
Bundan avval O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim kuchga kirdi.
Tomonlar texnikani yetkazib berish, jangovar o‘quv-mashg‘ulotlarni o‘tkazish va harbiylarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik rejasini tasdiqlashdi.
O‘zaro manfaatli harbiy-texnikaviy hamkorlikni Toshkent ODKBning boshqa davlatlar bilan ham muvaffaqiyatli olib bormoqda: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston uchun xalqaro maydonda yagona front bo‘lib chiqish maqsadga muvofiq. Qozog‘iston vektori o‘ziga xos xususiyatga ega.
Strategik ustuvorliklar
Markaziy Osiyo resurslari uchun geosiyosiy kurash davom etishi, mintaqa ichidagi tarqoqlik tashqi g‘arazli o‘yinchilarga faqat qo‘l kelishi mumkinligini O‘zbekiston va Qozog‘iston anglab turibdi.
Shuning uchun Toshkent va Nur-Sulton iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, harbiy va harbiy-texnikaviy sohalarda o‘zaro manfaatli sherikchilikka to‘g‘ri va barqaror qiziqishni namoyon qilmoqda.
O‘tgan yilning yozida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizovning Qozog‘iston Respublikasiga tashrifi chog‘ida mudofaa sohasida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi.
O‘zbek delegatsiyasi Qozog‘iston mudofaa vazirligi obyektlari bilan tanishdi va ikki tomonlama aloqalarning tarixida ilk bor “Yerіk dala" maxsus taktik mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi.
Javob tashrifida Qozog‘iston delegatsiyasi Qo‘qondagi harbiy qismga tashrifi tashkillashtirildi. Bu o‘zaro ishonch ortishining belgilaridir.
O‘zbekiston va Qozog‘iston asta-sekin mintaqaviy harbiy-siyosiy ittifoq asosini tashkil etishi va uning ODKB doirasigacha kengayishini taxmin qilish mumkin.
“Xalqaro va mintaqaviy siyosatning ko‘plab masalalari bo‘yicha pozitsiyalarimiz bir-biriga mos tushadi. O‘zbekiston va Qozog‘iston keng mintaqamizdagi ishlar holatiga mas’uliyatni his etadi... O‘zbek xalqi haqiqiy do‘sti va birodarining yelkasini sezdi”, - deb ta’kidlagandi prezident Shavkat Mirziyoyev.
Biroq ODKBda boshqa birodar xalqlar ham bor. Blokdan tashqari harbiy doktrina geosiyosiy haqiqatlarni bekor qilmaydi.
Boshqa tomondan, fevralda O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Jozef Votel bilan uchrashuv o‘tkazdi, shuningdek, pokistonlik hamkasblarni qabul qildi. Bundan tashqari Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Qurolli kuchlari shtablari boshliqlarining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston, Afg‘oniston va AQSh Markaziy qo‘mondonligi vakillari qatnashdi.
AQSh tomoni harbiy va harbiy-texnika sohasida, shuningdek, mintaqada xavfsizlikni ta’minlash borasidagi dolzarb masalalariga va O‘zbekiston-Amerika mudofaa idoralari o‘rtasidagi kelishuvlarga O‘zbekiston alohida e’tibor qaratayotganini e’tirof etdi.
Bundan avval Sputnik o‘zbek harbiy xizmatchilari AQShning Kemp-Shelbi harbiy bazasi (Missisipi shtati)da o‘tkazilgan “Janubiy zarba” mashg‘ulotlarda ishtirok etgani haqida xabar bergandi.
O‘zbekiston bilan do‘stlik uchun turli “kuch markazlari”ning geosiyosiy kurashi davom etmoqda.
Vaqtning ultimatumiga javob berish
Jiddiy geosiyosiy va iqtisodiy sharoitda O‘zbekiston Markaziy Osiyoda eng kuchli deb hisoblangan zamonaviy, mobil, yaxshi jihozlangan va samarali armiyani yaratdi.
Joriy yilda respublika mudofaa harajatlari YaIMning 4 foiz, ya’ni 1,4 milliard dollarga yetdi. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston har yili HSKga 4 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflaydi.
O‘zbekiston armiyani ehtimoliy harbiy harakatlar va tahdidlarga (afg‘on yo‘nalishi) tayyorlaydi. Yangi tashkiliy-shtat tuzilmasi yaratildi. O‘zbekiston armiyasida 50 mingdan ortiq harbiylar xizmat qiladi, ulardan 40 ming piyoda qo‘shinlari.
Yettita oliy harbiy oliygohlar qo‘mondon kadrlarning yuqori tayyorgarlik darajasini ta’minlaydi. Armiya xizmat muddati bir yilgacha qisqartirilgan, professional armiyaga o‘tish kursi tanlangan.
O‘zbekiston harbiy doktrinasi mudofaa xarakteriga ega bo‘lib, harbiy-siyosiy ittifoqlarda ishtirok etish va O‘zbekiston hududida xorijiy harbiy bazalarni joylashtirishni istisno qiladi. Boshqa davlatlar bilan samarali harbiy-siyosiy hamkorlik qilish kursi (ko‘p vektorli kurs)dan harakat qiladi.
Toshkent va Moskva o‘rtasida harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik samarali rivojlanmoqda: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Rossiyadan qurol-yarog‘ sotib olish va harbiy tayyorgarlik qo‘shma tadbirlarida ishtirok etishga manfaatdor.
Ikki davlat mudofaa vazirlari Abdusalom Azizov va Sergey Shoygu 2018-yil oktabr oyida havo maydonidan birgalikda foydalanish to‘g‘risida bitimni imzolashdi.
Hozircha respublikani ODKBga qaytish haqida gap yo‘q, biroq haqiqat yuridik abstraksiyalardan kuchliroq. Xususan, O‘zbekiston qurol-yaroqni Rossiya ichki narxlarida sotib oladi. ODKB va Bojxona ittifoqidan tashqarida turgan holda bunday imtiyozlarga ega bo‘lgan MDHning yagona mamlakatidir. Bunday katta mablag‘larni sezilarli darajada iqtisod qilish hisobiga 2020-yilgacha qurolli kuchlar modernizatsiya qilish imkoniyatini beradi.
Obyektiv ravishda faqat Rossiya Federatsiyasi Markaziy Osiyo mintaqasiga xavfsizlik kafolatlarini berishi mumkin.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida munosabatlar 1999-yil dekabrda imzolangan Strategik sherikchilik to‘g‘risidagi shartnoma hamda Iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risidagi shartnoma asosida tartibga solinadi.
Vaqt geosiyosiy tanlovning to‘g‘riligini tasdiqladi.