Bahodir Qurbonov O‘zbekiston Mudofaa vaziri etib tayinlandi

© Ramiz BaxtiyarovBaxodir Kurbanov
Baxodir Kurbanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan avval Bahodir Qurbonov Mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimida bo‘lgan.

TOShKENT, 11 fev – Sputnik.  General-mayor Bahodir Qurbonov O‘zbekiston Mudofaa vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Sputnik agentligiga Mudofaa vazirligida xabar qilishdi.

“Bahodir Qurbonov mudofaa vaziri etib tayinlandi. Bu haqda tegishli farmon prezident tomonidan imzolangan”, - dedi agentlik suhbatdoshi.

Pismennie prinadlejnosti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

Bahodir Qurbonov bundan avval, 2018-yil fevralidan Toshkent shahri, poytaxt va Sirdaryo viloyatlari hududini o‘z ichiga olgan Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilgan. 

Ungacha 2015-yil dekabridan poytaxt IIBB rahbari, O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 

Bundan avval, Abdusalom Azizov Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlanganligi haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0