Mudofaa vazirligi ayollarni harbiy xizmatga taklif qiladi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishPosetitelnitsa na Mejdunarodnom voyenno-texnicheskom forume "ARMIYa-2016"
Posetitelnitsa na Mejdunarodnom voyenno-texnicheskom forume ARMIYa-2016 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jismoniy kuch talab qiluvchi sport turlari bo‘yicha razradga ega bo‘lganlarga talab alohida ekanligi ta’kidlangan.

TOShKENT, 10 apr - Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ayol va qizlar o‘rtasida shartnoma bo‘yicha haqiqiy harbiy xizmatga nomzodlarni saralash uchun tanlov e’lon qiladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Perviy den proverki voysk Minoboroni Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi

Nomzodlarga qo‘yilgan asosiy talablar: oliy yoki o‘rta maxsus tibbiy ma’lumotga egaligi to‘g‘risida diplomga ega bo‘lishi; bo‘yi 170 santimetrdan kam bo‘lmagan, 18—22 yoshgacha (oliy ma’lumotli tor tibbiy mutaxassislar uchun 28 yoshgacha) bo‘lishi;

Shuningdek, jismoniy kuch talab qiluvchi sport turlari bo‘yicha razradga ega bo‘lganlarga talab alohida ekanligi ta’kidlangan.

Murojaatlar 2019-yilning 20-aprel kuniga qadar qabul qilinadi, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0