O‘zbekistonda har kuni o‘rtacha bitta odam o‘ldirilayapti

Tahlil etilayotgan davrda prokuratura organlari tomonidan 3 212 ta jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari o‘tkazilgan.
Sputnik

TOShKENT, 17 apr – Sputnik. O‘zbekistonda 2019-yilning 3 oyi ichida 90 ta qotillik jinoyatlari sodir etilgan.

Toshkentda ayolni so‘yib ketgan shaxs bir kunda qo‘lga olindi

Bu raqamlar prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat boshqarmasi tomonidan prokuratura organlari tomonidan 2019-yilning dastlabki 3 oyida tergov qilingan jinoyat ishlari tahlil qilingan hisobotda keltirib o‘tilgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, sodir etilgan qotillik jinoyatlarining hozircha faqat 1 tasi fosh etilmasdan qolmoqda.

Shuningdek, tahlil etilayotgan davrda prokuratura organlari tomonidan 3 212 (3 264) ta jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari o‘tkazilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 190 taga yoki 1,5 foizga kamaygan. Shundan 1 756 (1 819) nafar shaxsga nisbatan 1 129 (1 183) ta jinoyat ishi sudga yuborilib, o‘tgan yilga qaraganda 54 taga yoki 4,5 foizga kamaygan.

Samarqandda mastlik holatida kelib chiqqan o‘zaro janjal qotillik bilan yakundi

Toshkentda 67 yashar ayolni oshxonasida o‘ldirib ketgan qotil qo‘lga olindi

Ma’lum bo‘lishicha, 2019-yilning dastlabki 3 oyida 399 (263) ta jinoyat ishining tergovi, shu jumladan, 210 (143) tasi JPKning 83-moddasiga, 189 (120) tasi 84-moddasiga asosan tugatilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich tergov qilingan jami jinoyat ishlarining 16,1 (9,7) foizini tashkil etadi.

Yana pichoqbozlik: Toshkentda kollej o‘quvchisi kursdoshini pichoqladi