HUMO to‘lov tizimi bizga nima uchun kerak?

HUMO to‘lov tizimi, bir terminal orqali har kanday bank kartalarini qabul qilish imkonini beradi.
Sputnik

TOShKENT, 17 apr -  Sputnik. Xumo to‘lov tizimi O‘zbekistonga nimalar olib kelishi haqida markaziy bank anjumanida Banklararo protsessing markazi direktori Shuhrat Qurbonov hikoya qilib berdi, Sputnik muxbiriga asosan.

Humo bank kartalari 1-maydan ishga tushadi

Xorijiy mamlakatlarda bugungi kunda xaridor bank kartasini terminal ichga suqmasdan, kontaktsiz to‘lov yoki umuman telefon orqali to‘lovlarni amalga oshiradi.

Bizda esa, terminallar haligacha faqat bir xil - faqat so‘mda ishlaydigan kartalar qabul qilishi mumkin. Valyuta qabul qildigan terminallar soni bor yo‘g‘i 3000 ta ekan. 

Biz Humo yordamida qulay va arzon to‘lov tizimini tashkil qilmoqchimiz. Bizda ham kontaktsiz to‘lovlar joriy etiladi. 

Terminallar nafaqat Xumo, balkim MasterCard, Visa va UnionPay kartalarini ham qabul qilishga  tayyor. Yaqin kelajakda ular Uzcard tizimidagi kartalarni ham qabul qila boshlaydi. Biz hozir ular bilan muzokaralar olib bormoqdamiz, - dedi Milliy banklararo protsessing markazi direktori Shuhrat Qurbonov.

Xumo kartalarining soni va turi ko‘p bo‘ladi

Bugun O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan banklar kartalari bir biridan faqat dizayni bilan farqlanadi. Ularning imkoniyatlari mutlaq bir xil.

Bank tizimini yil oxiriga qadar 3ta muhim yangilik kutmoqda - MB

Xumo to‘lov tizimida esa turli xil kartalar mavjud bo‘ladi. Bir maosh hisob raqamiga bir necha karta ulangan va ularning imkoniyatlari turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, debet karta, kredit karta, bonus, mil yoki keshbek jamlovchi karta va ho kazo.

Biz kelajakda Xumo kartasi yordamida transport to‘lovlarini ham amalga oshirish imkonini kiritmoqchimiz.

Markazlashgan tizimdan voz kechish

Biz Xumo to‘lov tizimimizga har qanday bank uchun API ulanish imkonini beramiz. 2-yildan so‘ng Xumo to‘lov tizimi mutlaq banklar ixtiyoriga topshiriladi. Ya’ni har bir bank o‘z protsessing markaziga ega bo‘ladi.

Bunda tizimning markaziy tizimga nisbatan bir necha ustuvorliklari bor. Masalan, biror joyda texnik nosozlik yuz bersa, bu lokal muammo sifatida qoladi, butun tizim to‘xtab qolmaydi.

Xumo kartalaridan komissiya olinadi

Bank karatalari joriy etilgan rivojlangan xorijiy mamlakatlarda har bir savdo nuqtasi to‘lov kartalaridan qabul qilgan mablag‘idan ma’lum foizini bankka to‘laydi. Masalan,  Rossiyada ushbu to‘lovlar miqdori 2-2,5 %ni tashkil qiladi.

Humo va Uzcard o‘rtasida nosog‘lom raqobat yuzaga kelgani aniqlandi

O‘zbekistonda esa, butunlay boshqacha tartib. Bank kartalarini joriy etish yillarida, kartalarni kengroq tarqalish maqsadida biz savdo nuqtalari va foydalanuvchilar to‘laydigan %lardan to‘liq voz kechganmiz. Lekin, kartalar ishlashi uchun xarajatlar bor, kimdir uni qoplashi kerak.

Ayni damda savdo nuqtalarini kartadan foydalangani uchun % to‘lajga majburlash amri mahol.Ular bunga rozi bo‘lishmaydi, lekin kelajakda biz banklar va OAV orqali tushuntirish ishlari olib borib, shunday natijaga kelishimiz kerak.   

Hozircha O‘zbekistonda Xumo kartalari foydalanuvchilari har bir to‘lovdan 0,2 %, internet to‘lovidan 0,1 % miqdorida komissiya to‘laydi. Kelajakda ushbu to‘lovlar savdo nuqtalari zimmasiga yuklanishi mumkin.  

Majburiy bo‘lmaydi

Xumo kartalarini olish ixtiyoriy bo‘ladi. Hech kim ularni birovga majburlab bermaydi. Xozircha Xumo kartalari bir necha banklar xodimlariga berilgan. Ularning maoshi qisman Xumo kartalariga o‘tkazilgan.

Bunday qilishga sabab – kartalar ishlashini tekshirish, sinovdan o‘tkazish bo‘lgan. Tizimda biror muammo bo‘lsa bank xodimlari uni tezroq anglab xabar berishlari mumkin.

Ikkinchidan, kartadan pul olishda muammo bo‘lsa, ularda o‘z banklari kassasidan hech kanday muammosiz naqd pul olish imkoni bor.  

Xumo kartalari hech qanday tashkilot xodimlariga yoki davlat ishchilariga majburiy berilmaydi.