Iqtisod

Humo bank kartalari 1 maydan ishga tushadi

© Sputnik / Yekaterina ChesnokovaTerminal oplatы bankovskimi kartami
Terminal oplatы bankovskimi kartami - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Humo kartalarini emissiya qilish bepul boʻladi, lekin karta yordamida qilingan xaridlardan 0,1 – 0,2 % komissiya olinadi.

TOSHKENT, 17 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda HUMO bank kartalari 1 maydan boshlab emissiya qilina boshlaydi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

“Ayni damda ushbu bank kartalaridan bir necha bank xodimlari test rejimida  foydalanmoqda, lekin ommaviy ravishda Humo bank kartalarini emissiya qilish aprel oxirida may boshida rejalashtirilgan”, - deyilgan xabarda.

Maʼlum boʻlishicha, yangi toʻlov tizimi dastlab Toshkent shahrida ishga tushadi.

Uzcard - Sputnik Oʻzbekiston
Humo va Uzcard oʻrtasida nosogʻlom raqobat yuzaga kelgani aniqlandi

Biz ushbu kartalarni ertaroq chiqarishimiz ham mumkin edi, lekin biz dastlab kartadan foydalanish inftrastrukturasini tayyorlashga harakat qildik. Hozir shaharning 90 % hududi xumo kartalarini qabul qiluvchi terminallar bilan jihozlangan. Bugungi kunda terminallar soni 47 990 taga yetgan.

Ushbu terminallar nafaqat Xumo, balkim MasterCard, Visa va UnionPay kartalarini ham qabul qilishga tayyor. Yaqin kelajakda ular Uzcard tizimidagi kartalarni ham qabul qila boshlaydi. Biz hozir ular bilan muzokaralar olib bormoqdamiz, - dedi Milliy banklararo protsessing markazi direktori Shuhrat Qurbonov.  

Anjumanda shuningdek, Humo kartalarini emissiya qilish bepul boʻlishini, lekin karta yordamida qilingan xaridlardan 0,1 – 0,2 % komissiya olish rejalashtirilayotganini ham aytib oʻtildi.

Yangiliklar lentasi
0