Humo va Uzcard oʻrtasida nosogʻlom raqobat yuzaga kelgani aniqlandi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Uzcard banklararo toʻlov tizimi foydalanuvchilari, jumladan, savdo-xizmat tashkilot vakillaridan nosogʻlom raqobat holatlari kuzatilganda mijozlarni qoʻllab-quvvatlash markazi va huquq tartibot organlariga murojaat etishlarini soʻramoqda

TOSHKENT, 13 apr - Sputnik. Yagona Umumurespublika Protsessing Markazi (YAUPM) Uzcard banklararo toʻlov tizimi foydalanuvchilariga bank xizmatlarini koʻrsatishdan bosh tortilgani hamda bir qator bank xodimlari tomonidan Humo toʻlov tizimining qiziqishlari targʻib etilgan holatlar qayd etilganini maʼlum qildi, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Uzcard matbuot-xizmatiga asosan.

Uzcard - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Uzcard kiber-jinoyatning yangi turi haqida ogohlantirdi

Maʼlum boʻlishicha, Humo banklararo Milliy protsessing markazi (BMPTS) Oʻzbekiston Markaziy banki xuzurida tashkil etilib, hozirda mamlakat boʻylab tarminal tarmoqni joriy etish ishlari olib borilmoqda. BMPTS tizimini joriy etish ishlari davomida bank xodimlari tomonidan Humo BMPTS  faoliyati bilan bogʻliq ravishda Uzcard banklararo toʻlov tizimining faoliyati toʻxtatilishi borasida asossiz maʼlumotlar tarqatilishi kuzatildi.

"Taʼkidlab oʻtamiz, Uzcard banklararo toʻlov tizimi 17 milliondan ortiq plastik kartalarga xizmat koʻrsatmoqda... YAUPM huquqiy norma, normativ hujjat, dasturiy-texnik  ishlanmalarga asoslangan holda tashkiliy-texnik infrastrukturaga muvofiq provayderlik vazifasini bajaradi. YAUPM hamda banklar oʻrtasidagi shartnomaga asosan, hamkorlar tomonidan tarqatilayotgan asossiz maʼlumotlar egasi javobgarlikka tortiladi", - deyilgan Uzcard xabarida.

Taʼkidlanishicha, bugungi kunga kelib, Uzcard banklararo toʻlov tizim ishtirokchilari tomonidan YAUPM hamda bank oʻratasidagi shartnomani bekor qilish soʻrovlari qayd etilmagan.

Shuningdek, Uzcard banklararo toʻlov tizimi oʻz foydalanuvchilari, jumladan, savdo-xizmat tashkilot vakillaridan Uzcard hisob terminallari majburiy tarzda qaytarib olinishi, tijoriy banklar va savdo-xizmat tashkilotlari tomonidan Uzcard plastik kartalariga xizmat koʻrsatishdan bosh tortish, bank xodimlari tomonidan amaldagi Uzcard plastik kartalarni Humo toʻlov tizimi kartalariga almashtirishga qaratilgan targʻibot va boshqa shu kabi holatlarda mijozlarni qoʻllab-quvvatlash markazi va huquq tartibot organlariga murojaat etishlarini soʻragan.

Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan 29 ta bankga 15 yil davomida protsessing xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda. Uzcard karta egasi 285 mingdan ortiq POS-terminallari orqali toʻlovlarni amalga oshirish imkoniga ega. Mamlakat boʻylab 1500 dan ortiq bankomat va 3000 dan ortiq infokiosk, mobil ilova va internet saytlar orqali xizmat turlari amalga oshirib kelinmoqda.

Prezentatsiya platejnoy kartы Mir - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Mir" toʻlov kartalari Oʻzbekiston hududida ham ishga tushishi mumkin

Kompaniya tomonidan UnionPayInternational va Mastercard xalqaro toʻlov tizimlari ekvayringi tashkil etildi. Shuningdek, Uzcard va Rossiya Federatsiyasining “Mir” toʻlov tizimi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan. Kelishuvga asosan, “Mir” toʻlov tizmiga tegishli plastik kartalar Uzcard  toʻlov tizimi infrastrukturasida qabul qilinishi belgilangan boʻlib, ushbu jarayon 2019 yil yakunigacha amalga oshiriladi.

Shu kunlarda YAUPM hamda Visa xalqaro toʻlov tizimi ishtirokida “Uzcard terminal tarmogʻida Visa kartalarining ekvayringini tashkil etish” loyihasi muvaffaqiyatli yakuniga yetkazildi. Unga koʻra, “Kapitalbank” ning POS va ATM terminallari Visa xalqaro kartalariga xizmat koʻrsatishga tayyorlandi.

Yangiliklar lentasi
0