Iqtisod

Bank tizimini yil oxiriga qadar 3ta muhim yangilik kutmoqda - MB

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZamestitel predsedatelya Tsentralnogo banka Uzbekistana Batыr Zaxidov
Zamestitel predsedatelya Tsentralnogo banka Uzbekistana Batыr Zaxidov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston bank tizimida yil oxiriga qadar 24/7 tartibiga oʻtish, masofadan turib shaxsni aniqlash va Xumo toʻlov tizimini joriy etishi kabi yangiliklar kutmoqda.

TOSHKENT, 17 apr – Sputnik. Bugun Markaziy bank tomonidan tashkil qilingan matbuot anjumanida MB raisi oʻrinbosari Botir Zohidov Oʻzbekiston bank tizimini yaqin vaqt ichida qanday muhim oʻzgarishlar kutayotgani haqida soʻzlab berdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Terminal oplatы bankovskimi kartami - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Humo bank kartalari 1 maydan ishga tushadi

Zohidov aytishiga koʻra, 2018 yilning sentyabr oyida qabul qilingan prezident qaroriga muvofiq, Markaziy  bank 3ta yirik loyiha ishlab chiqqan va ushbu loyihalar quyidagilardan iborat.

1. Toʻlov tizimini 24/7 tartibiga oʻtkazish

Bugungi kunda Oʻzbekistonda bank toʻlovlari faqat ish kunlari 17:00 ga qadar oʻtkaziladi. Shanba yakshanba kunlari esa toʻlov amalga oshirishning imkoni yoʻq. Markaziy bank joriy etayotgan yangi tartib esa  - bank toʻlovlarini 24 soat7 kun davomida uzuluksiz amalga oshirish imkonini beradi. Ayni damda tizimni joriy etish uchun hamma narsa tayyor, faqat banklarni adaptatsiya qilish va ayrim qonuniy aktlarni qabul qilish kerak xolos. Yoz mavsumining oxirida ushbu tizim ishga tushishi kutilmoqda.

2. Distantsion identifikatsiya qilish tizimini ishga tushirish

Karta Master Card - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
MasterCard Oʻzbekistonning Humo toʻlov tizimini rivojlantirishda yordam beradi

Masofadan turib inson shaxsini aniqlash tizimi bank xizmatlari koʻrsatishni juda osonlashtirishi mumkin. Shahar aholisiga bu qoʻshimcha qulayliklar tugʻdirsa, uzoq qishloqlarda yashayotgan kishilar uchun ayni muddao boʻladi. Shu bilan birga banklar orasida raqobatni rivojlantirishga xizmat qiladi. Masalan, bugun markazlan uzoq joylashgan tumanlarda faqat bir yoki ikkita davlat banklari boʻlimlari bor xolos. Aholi faqat ushbu banklar xizmatlaridan foydalanishga majbur. Boshqa xususiy banklar uchun bu yerda imkoniyat yoʻq. Biz ushbu tizimni ishga tushirishga texnologik jihatdan tayyor boʻlganmiz. Endi navbat boshqa muassasalar bilan axborot almashish tizimini yoʻlga qoʻyish va kerak qonuniy aktlarni qabul qilishdir.

3. Xumo - toʻlov tizimi joriy etiladi 

Bugun koʻpchillik Xumo kartalari va protsessing markazi haqida eshitgan. Aslida esa Xumo – butun chakana toʻlov tizimini yangilashga, arzonlashtirishga qaratilgan dasturdir. Dasturning birinchi bosqichida biz butunlay yangi va sifatli toʻlov tizimini yaratishni rejalashtirganmiz. Bu toʻlov tizimi nafaqat Xumo kartalarini balkim, Visa, Mastercard, Union Pay va Uzkardni ham qabul qilish imkoniga ega boʻladi. Biz bu bilan markazlashtirilgan toʻlov tizimidan voz kechmoqchimiz. Xumo protsessing jarayonini 2 yil ichida banklarning oʻziga topshirishni nazarda tutadi.

Yangiliklar lentasi
0