O‘zbekiston tashqi qarzi muntazam o‘sib bormoqda – bu yaxshimi yoki yomon?

Tashqi qarz miqdorining oshishi O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchning oshishini bildiradimi?
Sputnik

TOShKENT, 31 mar – Sputnik. Markaziy bank e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, 2019-yil boshida O‘zbekiston tashqi qarzi 17,3 milliard dollarni tashkil qilgan va ushbu ko‘rsatgich bir necha yildan beri o‘sib kelmoqda. Xo‘sh, bu yaxshimi yoki yomon?

O‘zbekiston havo yo‘llari yaqin vaqt ichida ulkan qarz to‘lashi kerak – IFC

Davlat “tashqi qarzini” muhtojlik tufayli olingan oddiy "qarz" ma’nosida tushunmaslik kerak. Ushbu tushuncha maqsadli kreditlar, sarmoyalar va boshqa mablag‘larning mamlakat iqtisodiga kirib kelishini bildiradi.

Davlat “tashqi qarzini” qandaydir ma’noda davlatga bo‘lgan “ishonch miqdori” deb tushunsa ham bo‘ladi. Axir qarz (yoki investitsiya) duch kelgan odam/davlatga ham berilavermaydi-ku. Avval uning ishonchiligi, iqtisodiy imkoniyatlari va istiqbollari tekshiriladi.     

Tashqi qarz - bir tomondan mamlakatda moliya manbaalarining o‘sishiga va iqtisod rivojlanishiga olib keladi. Masalan, AQSh iqtisodi asosan tashqi investitsiyalar hisobiga rivojlangan.

Jahon Banki Farg‘ona vodiysi tadbirkorlariga 200 million $ kredit beradi

Ikkinchidan - tashqi qarz vaqtida to‘lanmasa,  muddati kechiktirilgan qarzdorlik paydo bo‘lishi va bu mamlakat kredit reytingini tushib ketishiga sabab bo‘ladi. Reytingi past mamlakatlarga esa – hech kim qarz bermaydi. Bu mamlakatda xorijiy valyutalar kursi oshishiga va oqibatda iqtisodiy tanazzulga sabab bo‘lishi mumkin.

Markaziy  bank aytishiga qaraganda, O‘zbekistonning tashqi qarz miqdori o‘sishda davom etadi, chunki O‘zbekiston o‘z iqtisodini rivojlantirish uchun investitsiyalarni faollik bilan  jalb qilmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston tashqi qarzi tarkibida xususiy sektor ulushi kamayib davlat sektori ulushi ortib bormoqda. Xususan, 2017-yilda tashqi qarz tarkibida davlat ulushi 7,6 mlrd. $ xususiy sektor ulushi 8,2 mlrd. $ bo‘lgan bo‘lsa, 2018-yilda davlat ulushi 10,1 xususiy sektor ulushi 7,6 mlrd. $ni tashkil qilgan.

O‘zbekiston tashqi qarzi muntazam o‘sib bormoqda – bu yaxshimi yoki yomon?

Bozor iqtisodiga o‘tish uchun islohotlar amalga oshirilayotgan  davlat uchun buni odatiy hol desa bo‘ladi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarning tashqi qarzi tarkibida, odatda, xususiy sektor ulushi davlat ulushidan bir necha barobar ko‘p bo‘ladi.

Yaponiya korporatsiyasi O‘zbekistonga internetni rivojlashtirish uchun kredit taqdim etdi

Satistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yanvar oyi holatiga AQSh tashqi qarzi miqdori 22 trillion dollardan ortiq bo‘lgan. Yevropa Ittifoqi tashqi qarzi miqdori – 17, Yaponiyaniki – 11, Britaniyaniki -8, Germaniyaniki – 4 trillion dollarni tashkil qiladi.

Qo‘shni mamlakatlar orasida tashqi qarz miqdori Qirg‘izistonda - 3,7, Turkmanistonda - 5, Ozarbayjonda – 6, Gruziyada – 14, Belorussiyada – 39, Ukrainada -78, Qozog‘istonda – 161 va Rossiyada – 453 mlrd. $ni tashkil qiladi.

Ko‘rib turganingizdek, mamlakat iqtisodi qanchalik yaxshi rivojlangan bo‘lsa tashqi qarz miqdori ham shuncha katta bo‘lmoqda.