O‘zbekiston havo yo‘llari yaqin vaqt ichida ulkan qarz to‘lashi kerak – IFC

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDreamliner uzbekskix avialiniy
Dreamliner uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston havo yo‘llarini nimalar kutmoqda - Xalqaro moliya korporatsiyasining hisoboti e’lon qilindi.

TOShKENT, 18 fev – Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviapark va infratuzilmani yangilash uchun ulkan qarzlar olgan va ulani yaqinda to‘lashi kerak bo‘ladi deb xabar qilmoqda Jahon Bankining Xalqaro Moliya korporatsiyasi (IFC), RIA Novosti xabariga asosan.

Milliy aviakompaniya yaqin vaqt ichida ulkan qarzdorlik krizisiga duch keladi va ushbu muammo “tezlik bilan hal qilinishi kerak”,- deyilgan dushanba kuni e’lon qilgan IFC hisobotida.

IFC mutaxassislari fikriga ko‘ra, “O‘zbekiston havo yo‘llari” sarmoyalardan to‘g‘ri foydalangan holda o‘sib borayotgan va raqobatli bozorda mustahkam o‘rnashib olishi mumkin edi. Shu o‘rinda moliya tashkiloti davlatga tegishli bo‘lgan lekin muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan Emirates Airlines va Singapore Airlines kompaniyalarini misol qilib ko‘rsatdi.

Boeing 787 Dreamliner aviakompanii Uzbekiston xavo uyllari - Sputnik O‘zbekiston
2020 yilda O‘zbekiston Havo yo‘llari 6ta Dreamliner samolyotiga ega bo‘ladi

Hisobotda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekistonda aviakompaniya, aeroportlar va dispetcherlik xizmatlarni bir-biridan ajratish hamda soha boshqaruvchisini mustaqil belgilash – eng muhim islohotga aylanishi kerak.

“O‘zbekiston havo yo‘llari”  2018 yilning moliyaviy natijalarini e’lon qilgani yo‘q. “Ayni damda sohada muhim tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda” dedi kompaniya vakili RIA Novosti muxbirining savoliga javoban.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston havo yo‘llari 2021-yilga kelib foydalanilayotgan Boeing 787-8 Dreamliner samolyotlarining sonini 3tadan 6tagacha oshirishni rejalashtirayotganini xabar qilgan edi.

Bugungi kunda O‘zbekiston havo yo‘llari aviaparkida 30ta g‘arb mamlakatlarida ishlab chiqarilgan samolyotlar mavjud. Parvozlar Yevropa, Amerika, Yaqin Sharq, Osiyo va MDHning 40ta shaharlariga amalga oshiriladi.

2021 yilga kelib aviakompaniya yo‘lovchilar oqimini 3,3 millionga oshirishni rejalashtirgan. 2018-yilda yo‘lovchilar soni 3 million kishi bo‘lgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0