Yaponiya korporatsiyasi O‘zbekistonga internetni rivojlashtirish uchun kredit taqdim etdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishSetevoe oborudovanie
Setevoe oborudovanie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kredit O‘zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish hamda kommunikatsiya markazlarini modernizatsiya qilish loyihalari uchun sarflanadi.

TOShKENT, 5 dek – Sputnik. O‘zmilliybanki Yaponiya Sumitomo Mitsui Banking Corporation (SMBC) bilan umumiy qiymati 100 million dollari bo‘lgan hamkorlik shartnomasini imzoladi. Ushbu mablag‘ mamlakatda internetni rivojlantirish uchun sarflanadi, deb xabar qildi O‘zmilliybank matbuot xizmati.

Bank vakilining so‘zlariga ko‘ra, kredit O‘zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun ajratilgan.

Shuningdek, mablag‘ “Magistral va ko‘p tarmoqli ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini kengaytirish” (DWDM) va "IMS texnologiyasidan foylangan holda kommunikatsiya markazlarini modernizatsiya qilish” (IP Multimedia Subsystem) uchun sarflanadi.

“Ushbu loyihalarning asosiy pudratchisi “Toyota Tsusho Corporation” kompaniyasi ekanligini hisobga olgan holda, O‘zmilliybank tomonidan Yaponiyadan yetkazib berishni moliyalashtirish masalasi ishlab chiqildi”, - deyilgan xabarda

Tomonlar shuningdek, yapon iyenasida kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish, sindikatlashgan loyihalarni moliyalash hamda texnik ko‘mak ko‘rsatish va o‘zaro tajriba almashish borasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yilgacha internet tezligini kamida 10 barobar oshirish va MDH davlatlari darajasiga yetkazish to‘g‘risida topshiriq bergandi.

Zadumchivaya jenshina - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha jahonda nechanchi o‘rinda

Sumitomo Mitsui Banking Corporation 1876-yilda tashkil topgan bo‘lib, bugungi kunda Yaponiyaning o‘z aktivi (1,7 trln. dollar), butun dunyo bo‘ylab 70 ga yaqin keng tarmoqli bo‘linmalari va investitsion bank xizmatlarining barcha turini taqdim etuvchi hamda 70 ming xodimlar bazasiga egaligi bilan yirik moliyaviy guruhlaridan biri bo‘lgan Sumitomo Mitsui Financial Group tarkibiga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0