Jahon Banki Farg‘ona vodiysi tadbirkorlariga 200 million $ kredit beradi

Obuna bo‘lish
Kreditlar qishloq xo‘jalik, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va turizm sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

TOShKENT, 25 mar – Sputnik. Jahon bankining Direktorlar kengashi Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 200 million $ kredit berishni ma’qulladi, deb xbar qildi bank vakolatxonasi.

“Ushbu loyiha Jahon banki Direktorlar kengashi tomonidan ma’qullandi. U Jahon banki tarkibiga kiruvchi Xalqaro rivojlanish va taraqqiyot bankining 200 million $ qarzi hisobidan amalga osh oshiriladi”, - deyilgan rasmiy xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu kredit Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida tadbirkorlikni amalga oshirish uchun texnik ko‘mak ko‘rsatish, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish  maqsadlarida ishlatiladi.

Kreditlar qishloq xo‘jalik, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va turizm sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan loyihalar uchun ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 1995-yilda JB a’zosi bo‘lgan edi. Shu kunga qadar Jahon banki O‘zbekistonga 4 milliard dollar kreditlar ajratgan. Ushbu kreditlar hisobidan 36ta loyihalar amalga oshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0