Putin nima uchun Qirg‘izistonga kelmoqda

Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning tashrifi Qirg‘iziston mudofaa qudratiga nima berishi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Sputnik

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 28-mart kuni davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga keladi.

Putin chet el razvedkasi Rossiyada nima qidirayotganini aytdi

Kreml dastlab Rossiya va Qirg‘iziston o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlari keng qamrovli masalalarining istiqbollarini belgilab oldi.

Bishkek va Moskva ittifoqchilik munosabatlarini rivojlanish borasida yangi turtki kutmoqda va 25 ga yaqin davlatlararo hujjatlar imzolash rejalashtirilgan.

Hamkorlik yuqoriga ko‘tarilishiga ehtimol katta. Sochida fevralda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiya va Qirg‘iziston prezidentlari Vladimir Putin va Sooranbay Jeenbekov ko‘p narsalarni muhokama qilishdi.   

Kelgusida ikki davlat o‘rtasida tovar aylanuvi yanada yuqori darajadaga ko‘tariladi. 2018-yilda bu ko‘rsatkich 1,56 milliard dollar bo‘lgan bo‘lsa, kelajakda 2 millilard dollargacha ko‘tariladi. Rossiyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar 2018-yilda 123,2 million dollarni tashkil qildi va Xitoydan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu Rossiya va Qirg‘iziston gumanitar va harbiy-texnikaviy hamkorlik rivojlanishi uchun yaxshi asos bo‘ladi.

Qoidaga ko‘ra, bunday tashriflar yuzlab million dollar va qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha harakatlarga olib keladi, mintaqadagi kuch joylashuvini o‘zgartiradi.

Putin raketalar bo‘yicha o‘ta muhim farmonni imzoladi

Qo‘shni Afg‘onistondagi muammoli vaziyat, mintaqada xalqaro terrorchilik tashkilotlarni tobora kuchayib borayotgan ta’siri shubhasiz Bishkek muzokaralarining oxirgi bandlarida o‘rin olmaydi.

Ehtimol, tomonlar Qirg‘iziston Qurolli kuchlarini kuchaytirish, harbiy-texnikaviy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, ODKB doirasida faoliyat va qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarni muhokama qiladi.

Qirg‘iziston harbiy qudrati

G‘arbning Yaqin Sharqda qurolli tajovuzlarning texnologiyalari va Markaziy Osiyoda ekstremistik va terrorchilik tashkilotlar ortib borayotgan ta’siri Qirg‘iziston milliy xavfsizligiga asosiy tahdid bo‘lib qolmoqda.

Kelgusida jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishini faqat ishonarli qurolli kuchlar ta’minlay oladi.   

Qirg‘iziston 11 mingga yaqin kishidan iborat armiyaga ega. Jahon reytingida harbiy qudrat bo‘yicha qo‘shni Tojikistondan uch pog‘ona yuqori o‘rinda turadi. Qirg‘iziston Qurolli kuchlari tuzilmasi quruqlikdagi qo‘shin, havo mudofaa qo‘shin, davlat chegara xizmati va Milliy gvardiya va ichki qo‘shinlaridan iborat. Ta’kidlab o‘tish kerakki, harbiy xizmatchilarning 75 foiziga yaqini – shartnoma asosidagi xizmat qilayotgan professional harbiylardir.

Hammani hayratga solamiz: Qirg‘iziston hukumati Putinni qanday kutib olishi bilan maqtandi

Qirg‘iziston rivojlangan maxsus xizmatlar Mobil kuchlariga ega. Ular yaxshi qurollangan.

Bu 800 kishidan iborat ikkita desant hujum bo‘linmalari, Milliy gvardiya maxsus polki, chegara xizmati spesnazi va narkotiklarga qarshi davlat xizmati spesnazi mavjud.   

Armiya 150 dona tank, 300 donaga yaqin jangovar mashina, 200 da artilleriya va 20 donadan ortiq raketa majmualariga ega. 2019-yilda harbiy budjet 240 million dollarga teng.

Respublika mudofaa qudrati MDH havo mudofaa umumiy tizimi salohiyati bilan baholash kerak, u tuzilma va texnologik jihatdan doim rivojlanmoqda.

MDH davlatlari rahbarlari kengashi 2025-yilgacha umumiy havo-kosmik mudofaa tizimini tuzish maqsadini qo‘ygan.  

Rossiya bilan harbiy texnikaviy hamkorlik

Obyektiv ravishda Qirg‘iziston qo‘shnilarining harbiy ko‘magisiz qarshi tura olmaydigan tahdidlar mavjud. Eng asosiy – doimiy urush qilayotgan Afg‘onistonga yaqin joylashgan. Bunday vaziyatda Qirg‘iziston yaqin va uzoq qo‘shni davlatlar bilan mudofaa sohasida faol hamkorlik qilishga majbur.

Harbiy texnikaviy hamkorlik dasturlar bo‘yicha Bishkek MDH va ODKB a’zo davlatlari rahbatlari, hukumat rahbarlari va mudofaa idoralari rahbarlari darajasida qator hujjatlarni imzolagan.

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi vaziyat barqarorlashdi

2018 yilda esa Sooranbay Jeenbekov Rossiya bilan harbiy-texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish shartnomasini imzolagandi. Hujjatda Rossiya qurol ishlab chiqarish korxonalardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurol yetkazib berish imkoni belgilangan.  

Umumiy geosiyosiy tahdidlarga qarshi Moskva va Bishkek 2003-yilda Kante shahrida Rossiya harbiy havo bazasini tashkil qilishgan. 2012-yilda esa birlashgan harbiy bazasini shakllashtirish to‘g‘risida bitim imzolanib, Qirg‘iziston hududida Rossiya harbiy obyektlarini joylashtirish tartibi va ularning maqomi belgilandi. Rossiya har yili Qirg‘izistonga 4,5 million dollar ijara to‘lovini to‘laydi.   

Bugungi kunda respublikada Kanteda ODKB tezkor qo‘shinlarining aviabazasi, Qorako‘lda harbiy dengiz tadqiqot baza va Chaldovar qishlog‘ida aloqa uzel va Maylu-Suuda seysmik punkt joylashgan. Harbiy obyektlar doimiy rivojlantirilib, modernizatsiya qilinadi.

Moskva Qirg‘izistonning ko‘p vektorli harbiy, xususan Bishkekni Pekin, Vashington va NATOga a’zo bo‘lgan davlatlar bilan hamkorlikni inobatga oladi.

Ekspert fikriga ko‘ra, Vladimir Putinning tashrifi vaqt bilan sinovdan o‘tgan strategik sherikchilikni yanada kuchaytiradi.