TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Bishkekda kutib olinishi nafaqat rossiyalik mehmonlarni, balki qirg‘izistonliklarning o‘zlarini ham hayratga soladi, deb xabar qildi matbuot-anjumani davomida QR prezidenti apparatining tashqi siyosiy bo‘limi rahbari Doniyor Sidiqov.
Diplomat 2012-yil mamlakatda diplomatik protokol to‘g‘risidagi yangi qonun amal qila boshlaganini eslatib o‘tdi.
"Men yangi formatda o‘tkaziladigan marosimga e’tiborlaringizni qaratishni istardim. Nafaqat mehmonlarni, balki qirg‘izistonliklarni ham hayratga solamiz", - degan Sidiqov.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya yetakchisining Qirg‘izistonga davlat tashrifi 28-martda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.