Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi vaziyat barqarorlashdi

© Sputnik / Xushnud Raxmatullayev / Mediabankka o‘tishNa tadjiksko-afganskoy granitse v rayone Pandjskogo pogranotrada
Na tadjiksko-afganskoy granitse v rayone Pandjskogo pogranotrada - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanba kuni Qirg‘iziston va Tojikiston delegatsiyalari chegaradagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishadi.

TOShKENT, 18 mar – Sputnik. Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi vaziyat barqarorlashdi. Bu haqda RIA Novostiga Qirg‘iziston chegara xizmati ma’lum qildi.

“Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi vaziyat umuman olganda barqarorlashdi. Dam olish kunlari chegaraga yaqin hududlarda mojaro va odamlar to‘planishi qayd etilmadi”, - deya ma’lum qilishdi agentlikka.

Strani mira. Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston
Evakuatsiya va yaradorlar: Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida vaziyat keskinlashdi

Qirg‘iziston chegara xizmati ma’lumotiga ko‘ra, dushanba kuni Qirg‘iziston va Tojikiston delegatsiyalari chegaradagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishadi.

Hozirda Batkent viloyatida Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Jenish Razzakov chegara xizmati, IIV va viloyat rahbarlari bilan bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 13-mart kuni Qirg‘izistonning Oqsoy va Tojikistonning Mehnatobod chegara qishloqlari aholisi o‘rtasida mojaro yuzaga kelgan edi. Bunga Oqsoy-Tamdik aylanma yo‘li qurilishi sabab bo‘lgan. Tojikistonliklar Qirg‘iziston texnikalariga yo‘lni to‘sib qo‘ygan. Shundan so‘ng yo‘l quruvchilarga Oqsoy aholisi yordamga kelgan. Natijada o‘rtada to‘qnashuv sodir bo‘lib, unda ikki tomondan 200 kishi qatnashgan. Bir qirg‘izistonlik jarohat olib, kasalxonaga yotqiziladi. Ertasi kuni to‘qnashuvlar davom etib, yana ikki nafar Qirg‘iziston fuqarosi jarohatlanadi. Tojikiston tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, hodisada ikki nafar tojik fuqarosi halok bo‘lgan, o‘nga yaqin kishi esa jarohatlangan.

Yangiliklar lentasi
0