Mardikorlar uchun mobil ilova ishlab chiqildi - Innovatsiyalar vazirligi

Yangi loyiha ham bir kunlik ish qidiruvchilar ham ish beruvchilar huquqlarini himoya qilishda, ushbu mehnat bozorini tartibga solishda yordam beradi.
Sputnik

TOShKENT, 14fev – Sputnik. "Job Cafe" mobil ilovasi bir kunlik mehnat bozorini tartibga soladi, deb xabar qilmoqda Innovatsiyalar vazirligi.

“Mazkur loyiha bugungi kunda “mardikorlar” atamasi bilan tilga olinadigan ijtimoiy qatlamning manfaatlari uchun xizmat qiladi. O‘z navbatida, bir martalik ish qidiruvchilar xizmatlaridan foydalanayotgan fuqarolar ham notanish odamlar tomondan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan noqonuniy harakatlardan himoyalanadilar”, - deyilgan xabarda.

13 fevral kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg‘or texnologiyalar markazining Tijoratlashtirish va texnologiyalar transferi bo‘limining yetakchi mutaxassisi Rustam Ibrohimov o‘zi yaratgan “Job Cafe” mobil ilovasi loyihasini taqdim etdi.

IIBB mardikor ayollarni urib, shilayotgan militsiya xodimlari haqidagi xabarga raddiya berdi

– Mazkur ilova mobil telefoni orqali ishlaydi, – dedi Rustam Ibrohimov. – Unda kunlik ish qidirayotgan fuqarolar ro‘yxati shakllantirib boriladi. Ro‘yxatlar ish qidiruvchilar hamda hududiy agentlar, yagona darcha, sall centre operatorlari yordamida tuzilishi nazarda tutilgan bo‘lib, kunlik ish qidirayotgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlar shaffofligi ta’minlanadi. Bu o‘z navbatida ham bir martalik ish beruvchilarga, ham bir martalik ish qidiruvchilarga ham qulaylik tug‘diradi.

Ilova faqatgina bir martalik ish qidiruvchilarni ish bilan ta’minlab, bir martalik yumushini amalga oshirish uchun ish kuchi yollagan fuqarolarning talablarini qondirish bilan chegaralanib qolmasligi loyiha mualliflari tomonidan alohida ta’kidlandi. Loyiha ish qidiruvchilar, deylik, har uch oyda bir marotaba shifokor ko‘rigidan o‘tishlari, har bir ish qidiruvchiga alohida ID karta ochilishi yoki QR kod berilishi, ularning ijtimoiy muhofaza qilinishi kabi masalalarni hal etishga qaratilgan.

Toshkentdagi qonuniy "mardikor bozor"lar va u yerdagi shart-sharoitlar haqida

Loyiha bir martalik ish qidiruvchilarning huquqlari buzilmasligining oldi olishga, haq-huquqlari muhofaza qilinishiga xizmat qiladi. Xizmatchilarning bir martalik shartnoma bilan xizmat ko‘rsatishlari ishchi va ish beruvchi o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni hal qilishga asos bo‘ladi.

Bundan tashqari, har bir ishchi/xizmatchi uchun mehnat daftarchasining ochilishi va fuqarolarning istagiga ko‘ra ma’lum miqdordagi mablag‘larning tegishli davlat idoralariga o‘tkazilishi keyinchalik ularning pensiya ta’minotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga zamin yaratadi.

Ilova muallifi hozirda mavjud bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlardagi ish qidirish guruhlari, turli saytlardan farqi , uning aynan muayan malakaga va kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lmagan shaxslar uchun mo‘ljallanganligini qayd etdi.

Yoshlar Ittifoqi mardikor bozorlaridagi yoshlar haqida axborot berdi
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Yoshlar ittifoqi va boshqa manfaatdor idora va muassasalar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi kutilmoqda.

Ayni kunlarda mobil ilovani mukammallashtirish va joriy etish masalasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Jamiyat qurilishiga innovatsiyalarni joriy etish bo‘limi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda