Turkmaniston-O‘zbekiston: o‘ziga xos "nokdaun"

Birinchi tur o‘yinlaridagi tanqid ikkinchi tur o‘yini birinchi bo‘limidayoq o‘z natijasini berdi
Sputnik

TOShKENT, 13 yanv - Sputnik. Bugun Osiyo kubogi guruh bosqichi ikkinchi tur o‘yinlari doirasida Turkmaniston-O‘zbekiston uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Biz Osiyo Kubogiga tayyormiz – Ektor Kuper

Birinchi tur natijalariga ko‘ra, ko‘pchilik ekspertlar Turkmanlarning Yaponiyaga jiddiy qarshilik ko‘rsatganini ta’kidlab, O‘zbekiston bilan o‘yin ham xuddi shu tarzda bo‘lishini taxmin qilishgandi. O‘z o‘rnida, O‘zbekiston termasining birinchi turdagi o‘yini ko‘plab o‘zbek futboli ishqibozlari tomonidan tanqidga uchragan edi.

Ammo bugun bo‘lib o‘tayotgan uchrashuv Ektor Kuperning o‘yinga jiddiy tayyorlanganini ko‘rsatmoqda. Birinchi raund yakuni holatida hisob 0:4, O‘zbekiston oldinda.

Birinchi golni Javohir Sidiqov chap oyog‘i bilan Turkmaniston darvozasiga 17 daqiqada yo‘naltirdi. Biroz o‘tib, 24 daqiqada Eldor Shomurodov ikkinchi golning muallifi bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi-2019 turniridagi ilk o‘yinini o‘tkazadi

Uchinchi gol esa Jaloliddin Masharipov ijrosida 40 daqiqada amalga oshirildi. Jarima maydonchasi markazidan tepilgan to‘p raqib darvozasining chap tomonining pastki qismiga borib tushdi.

To‘rtinchi to‘pning muallifi esa yana yana bir bor Eldor Shomurodov bo‘ldi. 42 daqiqada Eldor Jaloliddin uzatgan to‘pni ustalik bilan raqib darvozasi markaziga yo‘lladi.

Shu bilan 2 taymda va qo‘shib berilgan 4 daqiqada ham hisob o‘zgarmadi. Turkmaniston jamoasi o‘ziga xos "nokdaun"ga holatiga tushdi, desak xato bo‘lmaydi.

Hozirda o‘yinning ikkinchi taymi davom etmoqda. O‘yin 90 daqiqa davom etadi, demak o‘yinchilarning o‘z tayyorgarligini ko‘rsatishi uchun yetarlicha vaqt bor. Natija bundan ham yaxshi bo‘lishi mumkin.

Turkmaniston-O‘zbekiston: o‘ziga xos "nokdaun"