Sberbank va Vneshekonombank O‘zbekistonga past foizli kredit liniyalari ochadi

O‘zbekiston Milliy banki va Rossiyaning Vneshekonombanki 200 million dollarlik, Sberbank bilan 350 million dollarlik shartnomalar imzolashdi.
Sputnik

TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tgan hududlararo hamkorlik forumida O‘zbekiston Milliy banki Rossiyaning Sberbanki va Vneshekonombanki bilan uzoq muddatli past foizli kredit shartnomalari imzoladi, deb xabar qilmoqda bank matbuot xizmati.

Xalq banki Sberbank bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi

Xususan, Sberbank bilan imzolangan 350 mln dollarlik shartnomaga asosan O‘zbekiston hududida yirik va o‘rta hajmdagi loyihalarni moliyalashtirish imkoni yaratilgan.

Unga ko‘ra O‘zbekistonlik tadbirkorlar nafaqat Rossiyada ishlab chiqarilgan uskunalarni, balkim Sberbank filiallari bo‘lgan boshqa davlatlarda (Belarus, Qozog‘iston, Turkiya, Shveysariya, Chexiya, Vengriya, Serbiya, Xorvatiya, Sloveniya, Bosniya va Gersegovina) ishlab chiqarilgan uskunalarni ham kredit evaziga sotib olishlari mumkin bo‘ladi. 

Ikkinchidan, Rossiyaning Vneshekonombanki qiymati 200 mln dollarlik kredit shartnomasi imzolashdi. 

Rossiya Milliy bankka 250 mln dollarlik kredit liniyasini ochadi
Bu shartnoma, Rossiyadag foizi past bo‘lgan kredit evaziga, yuqori texnologiyali uskunalar eksport qilish sotib olish imkonini beradi. Kredit foiz stavkalarining bir qismi Rossiya Federatsiyasi tomonidan qoplanadi.

Ushbu shartnomalar, ikki davlat orasida savdo-iqtisodiy munosabatlarini yanada rivojlantirish imkonini beradi. Uzoq muddatli arzon kreditlar paydo bo‘lishi O‘zbekiston uchun yangi investitsion imkoniyatlar yaratadi.

Undan tashqari Rossiyaning Vneshekonombankiga O‘zbekiston moliya bozoriga kirish va Toshkent shahrida jamoat transportini hamda yo‘l infrastrukturasini modernizatsiya qilish jarayonida ishtirok etish taklif qilindi.