Maktab va tekshiruvlar: yangi qaror loyihasi tayyorlandi

Qaror loyihasida umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirishning vazifalari berilgan.
Sputnik

TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish ishlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

O‘qituvchilarni qo‘shimcha rag‘batlashtirish yo‘lga qo‘yiladi

Hujjat bilan umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom, umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirishga vakolatli davlat organlari va tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlash nazarda tutilgan.

Qaror loyihasida umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirishning vazifalari berilgan.

Umumta’lim muassasalarining faoliyatini tekshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

- rejali tekshirish;

- rejadan tashqari tekshirish;

-nazorat tartibida tekshirish;

- statistik ma’lumotlar va boshqa turdagi ma’lumotlarni tahlil qilish.

Umumta’lim muassasalarining faoliyatini tekshirish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxatiga ko‘ra, to‘g‘ridan to‘g‘ri tekshirishga vakolatli organlar:

Maktab o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha loyiha ishga tushdi

Bosh prokuratura va unga bo‘ysunuvchi prokuratura organlari;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari;

Tasarrufida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idoralar.

Kelishuv asosida tekshirishga vakolatli organlar:

Oliy Majlisining Senati, Qonunchilik palatasi, viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari;

Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari;

Ichki ishlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus bo‘linmalari, Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari;

Pensiya to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar tayyorlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati respublika markazi va hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning hududiy bandlikka ko‘maklashish va aholini ish bilan ta’minlash markazlari;

Hisob palatasi, Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari;

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari.