TOShKENT, 20 sen - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Bugungi kunda O‘zbekiston Germaniya bilan ko‘pqirrali munosabatlarning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston rahbarining ochiq va konstruktiv tashqi siyosati hamda mintaqadagi davlatlar rahbarlarining hamkorlikdagi sayi-harakatlari tufayli mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit yuzaga keldi. Bu Markaziy Osiyodagi vaziyatni keskin ravishda ijobiy tomonga o‘zgartirib yubordi.
Endilikda jahon siyosiy va iqtisodiy tizimiga integrallashuvni maqsad qilgan Markaziy Osiyo davlatlari uchun Germaniya, Yevropa Ittifoqi davlatlarining faollashuvi va qo‘llab-quvvatlashi muhim.
Demak, bundan buyog‘iga Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida "O‘zbekistonning Yevropaga integrallashuvi" g‘oyasiga asoslangan hamkorlik modeli yo‘lga qo‘yiladi.
19 sentabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston va Germaniya munosabatlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti rahbari Vladimir Norov ikki davlat munosabatlarining bugungi holati va istiqbolda hamkorlik qanday yo‘nalishlarda amalga oshirilishi haqida to‘xtaldi.
Norovga ko‘ra, Toshkent va Berlinni yaqinlashtiruvchi omillardan biri - bu xavfsizlik va taraqqiyot masalalaridagi o‘xshash pozitsiyalar va yondashuvlardir.
"O‘zbekiston Germaniyani xalqaro sahnada muhim sheriklardan biri sifatida qabul qiladi, u bilan ko‘pqirrali, o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishga urg‘u beradi. O‘z navbatida, Germaniya O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha tashabbusini hamda Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish orqali mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha tashabbusini olqishlashini bayon etdi. Ikkala davlat ham, terrorizm, ekstremizm va radikallashuvni xalqaro xavfsizlikning bosh tahdidlari sifatida qabul qiladi", deb ta’kidladi siyosatchi.
Norovga ko‘ra, O‘zbekiston-Germaniya munosabatlariga bag‘ishlangan tadbir O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqining kengaytirilgan strategiya to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqish va imzolash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotgan bir paytda bo‘lib o‘tayotgani ham alohida ahamiyatga molik.
"O‘zbekiston Yevropa Ittifoqini xalqaro sahnada muhim hamkorlardan biri sifatida qabul qiladi va YeI hamda unga a’zo-davlatlar bilan ko‘poqlama va o‘zaromanfaatli hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratadi. Ayniqsa, Germaniya bilan ikkiyoqlama va ko‘poqlama shaklda hamkorlikni rivojlantirishni xohlaydi", - deb ta’kidladi Norov.
Yevropa Ittifoqi ayni vaqtda Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan yangi strategiyani ishlab chiqish jarayonini ishga tushirgan. YeIning MO davlatlari bo‘yicha hozirgi yangi strategiyasi o‘n yil muqaddam Germaniya tashabbusi bilan qabul qilingan.
Ushbu konseptual hujjatga zamon talabi, tomonlar manfaatlari va umidlariga javob beradigan o‘zgarishlarning kiritilishi Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi siyosiy va savdo-iqtisodiy munosabatlar uchun qulay sharoitlar yaratilishi hamda ularni rivojlantirishga xizmat qiladi, deb ishonch bildirdi Norov.
Norov, Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqada Yevropani tashqi kuchlar manfaatlari o‘rtasidagi qat’iy muvozanatni raqotbat emas, balki hamkorlik va taraqqiyot uchun saqlab qolishga qodir bo‘lgan katta obro‘ga ega bo‘lgan olam qutbi sifasita ko‘rishni xohlashiga urg‘u berdi.
Shu o‘rinda, siyosatchi O‘zbekistonning Germaniya bilan Markaziy Osiyoda hamkorligi ustuvor yo‘nalishlarini sanab o‘tdi.
Bundan buyog‘iga Germaniya Markaziy Osiyoda ekologik, energetik, iqtisodiy va harbiy xavfsizlikni ta’minlashda o‘z rolini kuchaytirishi ta’kidlandi.
Germaniya tomoni MO davlatlariga Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq asoratlarni yengib o‘tishda, suv resurslaridan ratsional foydalanishda, suv omborxonalari, suv bilan ta’minlash va suvni tejash tizimlarini takomillashtirishda ko‘maklashish salohiyatiga ega, dedi Norov.
U shuningdek, Germaniya Markaziy Osiyoga transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashishda - narkotik vositalarining noqonuniy aylanmasi hamda Afg‘oniston muammosini hal etishda yordam berishini ta’kidladi.
"O‘zbekiston Germaniya bilan Afg‘oniston masalasida hamkorlik bo‘yicha ijobiy tajribaga ega, 2002-yildan 2016-yilgacha Bundesver kontingenti Termiz shahridagi obyektlardan Afg‘oniston Islom Respublikasidagi stabillashuv missiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun foydalangan", deb eslatib o‘tdi Norov.
O‘zbekiston Germaniya investitsiyalarini jalb qilish, biznes-muhitni yaxshilash, turizmni rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarini, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, ishlab-chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, infratuzilma va tranzit-transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish, tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohalarida hamkorlik qilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, ikki davlat demokratik institutlarni mustahkamlash, davlat boshqaruv tizimi hamda sud-huquq tizimini takomillashtirishda, sog‘liqni saqlash tizimin takomillashtirishda, ta’lim sifatini yaxshilashda, ilmiy salohiyatni rivojlantirish sohalarida hamkorlik qilishi va birgalikda tadqiqotlar olib borishi aytildi.