O‘zbekiston YeI bilan Markaziy Osiyoda terrorizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosat va xavfsizlik bo‘yicha yuqori darajali muloqot Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 9-iyul kuni “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Siyosat va xavfsizlik bo‘yicha yuqori darajali muloqot Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchilik qildi.

"2017 yil iyun oyida Bishkek shahridagi Muloqotning so‘nggi majlisi hamda 2018-yil mart oyida Toshkent shahridagi vazirlarning norasmiy uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni, “YeI - MO” shaklida turli darajagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvali va kun tartibi muhokama qilindi", - deyiladi xabarda.

Uchrashuvda terrorizm bilan kurash va zo‘ravonlik ekstremizmini oldini olishda hamkorlikni faollashtirish choralari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, delegatsiyalar tomonidan chegarani boshqarish, narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilik bilan kurash sohasidagi hamkorlik masalalari hamda mintaqaviy ekologik muammolar ko‘rib chiqildi.

Yangiliklar lentasi
0