Germaniya O‘zbekiston bozoriga investitsiya kiritishga tayyor

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishPloshad Jandarmenmarkt v Berline
Ploshad Jandarmenmarkt v Berline - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nemis ekspertlari O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish yuqori sur’atda borayotganligi bois germaniyalik biznesmenlarda qiziqish uyg‘otganligini qayd etishmoqda

TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Germaniya iqtisodiyotining sharqiy qo‘mitasi aholisi 30 milliondan ortiq bo‘lgan O‘zbekiston nemis investorlari uchun ancha istiqbolli bozor ekanligini ma’lum qildi.

"Markaziy Osiyo mamlakati 2016-yil kuzida rahbariyat almashganidan so‘ng islohotlar yo‘lidan bormoqda va Jahon bankining Doing Business Report 2018 hisobotida eng yaxshi mamlakatlar o‘nligiga kirdi", — deyiladi qo‘mita xabarida.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov vo vremya vizita v Kirgizstan - Sputnik O‘zbekiston
Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Germaniyaga tashrif buyuradi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, nemis ekspertlari respublikada iqtisodiy o‘sish yuqori sur’atda borayotganligi bois germaniyalik biznesmenlarda qiziqish uyg‘otganligini qayd etishmoqda.

Germaniya iqtisodiyotining sharqiy qo‘mitasi bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi arafasida O‘zbekistonga oid maxsus maqola e’lon qildi.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qo‘mitasi va Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining majlislarida ishtirok etadi, "KfV" Germaniya taraqqiyot banki va GFR yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi hamda O‘zbekiston bilan hamkorlik o‘rnatishga qiziqish bildirgan ba’zi yirik zamonaviy korxonalarga tashrif buyuradi.

Bo‘lajak O‘zbekiston-Germaniya biznes forumi doirasida va tashrif yakuniga ko‘ra iqtisodiyot va investitsiya sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0