Sport, ta’lim va investitsiya: O‘zbekiston va Misr 12ta hujjat imzoladi

Misr prezidenti as-Sisining ilk bor O‘zbekistonga tashrifi doirasida iqtisodiy, madaniy, huquqiy va diplomatik sohalarda 12ta hujjatlar imzolandi
Sputnik

TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Bugun Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisining tashrifi davomida ikki davlat o‘rtasida 12ta hujjat imzolandi, deb xabar qildi Ko‘ksaroyda o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etgan Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Quyida imzolangan hujjatlar ro‘yxati bilan tanishing:

1. O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi bilan Misr Arab Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi o‘rtasida yoshlar sohasida xamkorlik to‘g‘risida Anglashuv memorandumi;

Misr bilan turizm, islom madaniyati va sport sohalarida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

2. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi o‘rtasida sport sohasida hamkorlik to‘g‘risida Anglashuv memorandumi;

3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va yerlarni uzlashtirish vazirligi o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida Anglashuv memorandumi;

4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Misr Arab Respublikasi Hukumati o‘rtasida oliy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum;

O‘zbekiston Misrga nimalar yetkazib berishga tayyor?

6. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Qadimiy yodgorliklar vazirligi o‘rtasida arxeologiya, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risida Bitim;

7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Misr Arab Respublikasi Hukumati o‘rtasida daromad va mol-mulk soliqlari bo‘yicha ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortish va bo‘yin tovlashning oldini olish tug‘risida Bitim;

8. O‘zbektiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik Dasturi;

9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Misr Arab Respublikasi Hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarini vizadan ozod etish to‘g‘risida Bitim;

Shavkat Mirziyoyev va Abdulfattoh as-Sisining tor doiradagi uchrashuvi

10. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi bilan Misr Arab Respublikasi Investitsiyalar va erkin xududlar bo‘yicha Bosh direksiyasi o‘rtasida ikkitomonlama investitsiya aloqalarini rivojlantirish sohasida anglashuv Memorandumi;

11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Misr Arab Respublikasi Hukumati o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim;

12. O‘zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyev va Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisining qo‘shma bayonoti qabul qilindi.