Bu yilgi test sinovlari qanday o‘tkaziladi?

Avvallari telefon olib qolinib, uni nomerlangan konvertga solib, abituriyentni o‘zi testga kiritib yuborilar edi. Endilikda, olib kirishga urinishning o‘ziyoq dalolatnoma tuzib, chetlatishga sabab bo‘ladi
Sputnik

TOShKENT, 31-iyul - Sputnik. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan sana ham yetib keldi. Huquqiy axborot kanali ushbu munosabat bilan bu yilgi imtihonlarni tashkil etish jarayoni haqida ma’lumot berdi.

Bu yil kirish imtihonlarida poraxo‘rlik bo‘lmaydi

2018 yil 3-aprelda "Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi Hukumat qarori qabul qilingan.

Qarorga ko‘ra test sinovlariga kirish uchun ruxsatnoma (DTM) 29-31 iyul kunlari qabul komissiyasi tomonidan beriladi.

Bu yil test sinovlari kunduzgi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakli uchun 1 avgustdan 15-avgustgacha bo‘lgan muddatda kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.

Abituriyent test sinovlari o‘tkaziladigan kuni binoga tegishli hududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 13:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 13:30) gacha faqat abituriyent ruxsatnomasi va pasporti bilan shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali tartibli ravishda kiritiladi.

Davlat test markazi telegrammda tarqalayotgan soxta xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi

Abituriyent test sinovlari boshlanganidan so‘ng binoga tegishli hududga kiritilmaydi.

Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.

Abituriyent uchun mazkur sana va vaqt qat’iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi.

Test topshiriqlari umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari o‘quv dasturlariga muvofiq tuziladi.

Abituriyentlar tanlagan ta’lim yo‘nalishiga qarab tegishli ravishda bir, ikki yoki uchta fan majmuasi bo‘yicha test sinovini topshiradi.

Test topshiriqlari kitobidagi mavjud har bir fan 30 tadan test topshirig‘ini o‘z ichiga oladi.

Abituriyentmi yo jinoyatchi: 1-avgust tomoshalari

Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 30 ta test topshirig‘iga 1 soat, 60 ta test topshirig‘iga 2 soat, 90 ta test topshirig‘iga 3 soat vaqt belgilanadi.

Abituriyent quyidagi ishlarni amalga oshirishga majbur:

test topshiriqlari kitobi va unga mos raqamli javoblar varaqasi raqamlari mosligini tekshirish;

test materiallari nuqsonsizligini tekshirish va nuqson borligi aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berish;

javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilishini ta’minlash;

1 sentabrdan ilmiy xodimlar maoshi oshadi

test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida ko‘rsatilgan tegishli joyga familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzo qo‘yish;

javoblar varaqasi raqamini abituriyent ruxsatnomasi va titul varaqasining tegishli joyiga to‘g‘ri ko‘chirib imzo qo‘yish;
titul varaqasida ko‘rsatilgan maxsus kod va ta’lim muassasasi kodini javoblar varaqasida ko‘rsatilgan tegishli joyga to‘g‘ri ko‘chirib yozish va tegishli doirachalarni bo‘yash.
Abituriyent quyidagilarga shaxsan javobgar hisoblanadi:

javoblar varaqasini havo rang pastali sharikli ruchka bilan to‘ldirish;

javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizig‘iga yozmaslik, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni bo‘yamaslik;

javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat bo‘lganligi uchun uni to‘g‘ri to‘ldirish;

Yangi o‘quv yilidan OTM shartnoma to‘lovlari EKIHda o‘lchanadi

belgilangan vaqt tugaguniga qadar test topshiriqlari kitobida mavjud test topshiriqlarini bajargan holda javoblar varaqasining mos tartib raqamidagi tegishli doirachalarini bo‘yab, test topshiriqlari kitobini va unga mos bo‘lgan javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish.

Har bir test topshirig‘iga 4 tadan («A», «V», «S», «D») muqobil javoblar beriladi.

Abituriyent tomonidan har bir test topshirig‘iga faqat bitta javob belgilanishi shart bo‘lib, test topshiriqlari kitobida to‘g‘ri deb hisoblangan javoblarni javoblar varaqasidagi mos tartib raqamli doirachadan bittasini bo‘yaydi (javoblar varaqasida bo‘yalgan javoblarni o‘zgartirish mumkin emas). Agar, javoblar varaqasidagi «belgilash uchun namuna» qoidasiga rioya etilmasa, jumladan, bitta test topshirig‘iga javoblar varaqasida tegishli doiracha bo‘yalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha bo‘yalsa yoxud to‘liq bo‘yalmasa ushbu test topshirig‘iga ball berilmaydi.

Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt miqdori e’lon qilindi

Quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo‘ladi:

test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;

test materiallarini binodan tashqariga olib chiqsa, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa;

test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;

test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.

Qarorda yana bir muhim narsa belgilangan ya’ni testga shpargalka, telefon va h.k. olib kirishga uringan abituriyent o‘sha zahoti testdan chetlatiladi.

Maktablarda o‘qish qachon boshlanadi?

Avvallari telefon olib qolinib, uni nomerlangan konvertga solib, abituriyentni o‘zi testga kiritib yuborilar edi. Endilikda, olib kirishga urinishning o‘ziyoq dalolatnoma tuzib, chetlatishga sabab bo‘ladi.

Abituriyent Oliy ta’lim muassasiga o‘qishga kirgan yoki kira olmaganligini test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali bilib olishi mumkin bo‘ladi.