TOShKENT, 23-iyul - Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 20-iyulda imzolangan qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xodimlari va o‘qituvchilar maoshlari oshadi, deb xabar qilmoqda UzA.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2018-yilning 1-avgustidan Fanlar akademiyasi boshqarmasi xodimlarining maoshlari 2 baravarga oshadi.
Ilmiy institutlar xodimlari, oliy ta’lim maskanlarining professor-o‘qituvchilari maoshlari o‘rtacha 25%ga o‘sadi.
Ilmiy institutlarning muhandislik-texnik xodimlari, konstruktor-texnologik va laboratoriyalardagi ilmiy uskunalarni ta’minlash bilan shug‘ullanuvchi xodimlar maoshlari 30 %dan 100% gacha o‘sadi.
Undan tashqari yuqorida ko‘rsatilgan barcha toifalardagi xodimlarning maoshlari 2019-yilning 1-yanvaridan 20%ga, 2019-yilning 1-iyulidan 25 %ga oshadi.