Maktablarda o‘qish qachon boshlanadi?

© Sputnik / Amir Isayev / Mediabankka o‘tish1 sentabrya v Dushanbe
1 sentabrya v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq 2018-2019 o‘quv yili avgust oyidan boshlanarmish degan gaplar tarqalib ketgan edi

TOShKENT, 29-iyul - Sputnik. O‘qishning birinchi kuni o‘zgarishsiz qoldi. Ta’lim maskanlarida o‘qish har an’anaviy tarzda - 2-sentabrda boshlanadi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri vazirlik matbuot-xizmatiga tayangan holda.

"Yangi Davr" muxbiriga bergan intervyusida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov jamiyatdagi o‘qituvchilar obro‘sini oshirish, ularning oylik maoshlari oshirilishi, maktablardagi noqonuniy pul yig‘imlari va maktab formasi haqida gapirgan.

Ministr narodnogo obrazovaniya Sherzod Shermatov - Sputnik O‘zbekiston
Majburiy ushlanmalar, o‘ta past oylik – vazir xalq ta’limidagi muammolar sababini aytdi

Shermatov hozirgi axborot texnologiyalari davrida mish-mishlar tez tarqaladigan bo‘lib qolganini ta’kidlagan holda, "maktab ertaroq boshlanadi" degan gap-so‘zlar o‘rinsizligini ma’lum qildi.

 "Maktab har yili qanaqa boshlangan bo‘lsa, shu vaqtda boshlanadi", - deb ta’kidladi Xalq ta’limi vaziri.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq ijtimoiy tarmoqlarda bu yil maktablarda o‘qish avgust oyining boshida boshlanadi, yanvar oyida esa o‘quvchilarga bir oylik ta’til berilar ekan, degan xabarlar tarqalgan edi.

Yangiliklar lentasi
0