Qarsaklar va o‘q tovushlari. AQSh o‘z elchixonasini Quddusga ko‘chirishi nimasi bilan xavfli

AQSh o‘z elchixonasini Quddusga ko‘chirib, buni tantana bilan nishonlayotgan bir vaqtda, falastinliklar norozilik namoyishlariga chiqishmoqda. Dushanba kechga tomon kelib, to‘qnashuvlarda 40dan ortiq falastinliklar, shu jumladan bir bolakay halok bo‘ldi, 1,7 mingdan ziyodi jarohatlandi
Sputnik

TOShKENT, 14-may — Sputnik, Mariya Yefimova, Vladimir Ardayev. O‘zining 70-yilligiga Isroil davlati AQShdan sovg‘a oldi: Amerika elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirishdi. Tantanali marosimga okean ortidan basavlat mehmonlar tashrif buyurdilar, Donald Tramp barcha yig‘ilganlarni videoaloqa orqali qutladi.

IHT davlatlari Sharqiy Quddusni Falastin poytaxti deb e’lon qildi

G‘azo sektori chegaralarida esa bu vaqtda o‘z noroziligini bildirayotgan falastinliklar va Isroil kuchlari o‘rtasida qonli to‘qnashuvlar davom etar edi — halok bo‘lganlar soni qirqdan oshdi.

Sovg‘alar va snaradlar almashinuvi

Marosimning kulminatsion nuqtasi — Bosh konsullik binosi yozuvining almashtirilishi bo‘ldi. Endilikda bu yerga elchi o‘zining yordamchilari bilan joylashadi. Diplomatik missiyaning asosiy xodimlari Tel-Avivda qoladi — to‘liq ko‘chishga kamida olti yil ketadi.

Ammo shunga qaramay Isroilda shodu-xurramlik. Oq uy rahbarini javob sovg‘alarga ko‘mib tashlashdi. Xususan, Quddusning "Beytar" futbol jamoasi o‘zini "Beytar Tramp Quddus", deb qayta nomladi. Elchixona qarorgohi ro‘barosida mittigina — o‘n kvadrat metrdan oshmaydigan — Donald Tramp nomidagi skverga asos solishdi.

Quddusda rasman AQSh elchixonasini ochishdi

G‘azo sektori chegarasida esa Quddusda ro‘y berayotgan voqealardan norozi bo‘lgan falastinliklar faollashdi. O‘n minglab norozi fuqarolar ko‘chalarga chiqdilar. Isroil harbiylariga qarata portlovchi qurilmalar va yonadigan suyuqlik solingan shisha idishlar uloqtirildi, avtomobil shinalariga o‘t qo‘yildi va chegaradagi istehkomlarni buzishga harakat qilindi. Chegara buzilishidan havotirlanib, Isroil G‘azo sektoriga ikkita qo‘shimcha piyoda harbiylar brigadasini yubordi va yana birini Iordan darosi G‘arbiy sohiliga yo‘lladi. Namoyishlarning eng faol ishtirokchilariga qarata ayovsiz o‘t ochildi. 

BMT Bosh Assambleyasi Quddusni Isroil poytaxti deb tan olishdan bosh tortdi

Dushanba kechgacha ushbu to‘qnashuvlarda 40dan ortiq falastinliklar, shu jumladan bir bolakay halok bo‘ldi. 1,7mingdan ziyodi jarohatlandi.

Quddusning o‘zida vaziyat nisbatan osuda kechdi. "Ko‘chada odamlar unchalik ko‘p emas, barcha elchixona ochilishi marosimini oynai-jahon qarshisida o‘tirib kuzatmoqda. Hech qanday namoyish bo‘lgani yo‘q. Tabiiyki, xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Bu kunga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rishgan", — deb hikoya qildi Isroil Bosh vazirining sobiq maslahatchisi Benni Briskin.

Bu Trampga nega kerak

Elchixona relokatsiyasi haqidagi qaror AQSh kongressi tomonidan 1995-yilda qabul qilingan, ammo Quddusning nizoli maqomi va arab-musulmon dunyosi bilan kechayotgan murakkat munosabatlar tufayli shu paytgacha Amerika prezidentlari bu qaror ijrosini ortga surib kelayotgan edilar.

Donald Tramp esa dipmissiya ko‘chirilishini o‘zining saylovoldi dasturiga kiritgan edi.

Rossiya kengashining xalqaro masalalar bo‘yicha bosh direktori (RSMD) Andrey Kortunovga ko‘ra, Tramp bu yerda o‘zining ichki siyosiy ambitsiyalarini hayotga tatbiq etmoqda.

Trampning 10 ta saylovoldi va’dasi
"Tramp erishishga intilayotgan yagona narsa, — bu oldinda turgan parlament, va so‘ngra prezident saylovlari oldidan o‘z shaxsiy pozitsiyalari va Respublikachilar partiyalari oldida turgan pozitsiyalarni mustahkamlashdir. Bu epatajlik holati unga xos: u hech qachon o‘zining mustaqilligi, favquloddaligi va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarida qat’iyatli ekanligini namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaydi", — deydi RSMD rahbari.

Dunyo ikkiga bo‘lindi

Musulmon davlatlari Oq Uy rahbarining qarorini o‘ta salbiy qabul qildilar. Xususan, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘onga ko‘ra endlikda Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqdagi mojarolarda vositachi maqomini yo‘qotgan. Eron reaksiyasi ham o‘ta keskin bo‘ldi. Ayniqsa, Falastinda bu ro‘y berayotgan voqealarga yondashuv o‘ta og‘riqli bo‘ldi.

Tashqi ishlar vaziri Riyod al-Malikiy RIA Novostiga bergan intervyusida keng ko‘lamli tinch namoyishlarga tayyorgarlik borayotgani haqida ma’lum qildi. Ammo G‘azodagi voqealar falastinliklar kayfiyati tinchlik kayfiyatidan ancha yiroq ekanligini ko‘rsatmoqla.

Yevropa Ittifoqi ham ushbu masalada kelishuvga kela olmadi. Birlari dipmissiya relokatsiyasi Yaqin Sharqda vaziyatni ziddiylashtiradi va isroil-falastin jarayonini tinchlantirishni yanada qiyinlashtiradi, desa, boshqalari Tramning qat’iyatini olqishlamoqda. Isroil TIV vakili Emmanuel Naxshonning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunla kamida uchta davlat Vashingtonga taqlid qilishga tayyor.