BMT Bosh Assambleyasi Quddusni Isroil poytaxti deb tan olishdan bosh tortdi

© Foto : Denis KabanovXram Groba Gospodnya v Iyerusalime
Xram Groba Gospodnya v Iyerusalime - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu hujjat uchun 128 davlat ovoz bergan, 9 davlat qarshi ovoz bergan va yana 35 davlat betaraflikni saqlab qolgan

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. BMT Bosh Assambleyasi AQShning Quddusga Isroil poytaxti maqomi berilishi haqidagi qarorini tan olmaslik to‘g‘risida rezolyutsiyani qabul qildi, deb xabar berdi RIA Novosti muxbiri.

Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on jahon hamjamiyatini dollarga uchmaslikka chaqirdi
Ushbu hujjat uchun 128 davlat ovoz bergan, 9 davlat qarshi ovoz bergan va yana 35 davlat betaraflikni saqlab qolgan.

Rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlamagan davlatlar bu: AQSh, Isroil, Gonduras, Gvatemala, Mikroneziya, Marshal orollari, Nauru, Palau va Togo.

Ilgariroq Donald Tramp rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlaydigan davlatlarga AQSh moliyaviy ko‘mak berishni to‘xtatishi haqida bayonot bergan edi. Amerikaning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli ushbu hujjat Vashingtonning elchixonani Quddusga ko‘chirish to‘g‘risidagi qaroriga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligi haqida ma’lum qilgan edi.

Qabul qilingan hujjatga ko‘ra, "Quddus maqomini o‘zgarishini nazarda tutuvchi har qanday qaror va harakatlar yuridik kuchga ega emas va bekor qilinadi".

Rezolyutsiya shuningdek, barcha mamlakatlardan BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga zid keladigan hech qanday choralarni tan olmaslikni talab etadi.

Yangiliklar lentasi
0