Bir necha yildirki, Rossiyada ayrim rasmiy islom idoralari vakillari voxobiylarni fundamentalistlar deb atab, ularni qonunchilik darajasida taqiqlashni talab qilishmoqda.
RIA Novosti muxbiri bu qanchalik haqiqatga to‘g‘ri kelishi va musulmonlar nima uchun bir-birlari bilan bu masalada kelisha olmayotganligini o‘rganib chiqdi.
Muftiylar bahsi
Shu yilda voxobiylikni taqiqlash bo‘yicha chaqiruv ilk bor Rossiya dinlararo kengash darajasida yangradi. Bu g‘oya bilan Tatariston muftiysi Kamil Samigullin chiqdi. Samigullin jurnalistlarga g‘oyadan turli terrorchilik guruhlar o‘z maqsadlarda foydalanayotganligi, ma’lum bir tashkilotlarning faoliyatini taqiqlash haqida so‘z yuritilayotganligi haqida tushuntirib berdi.
Voxobiylik esa "insonga nafrat bilan qaraydigan mafkura" deb atadi.
"Bizning mamlakatimizda voxobiylar turli shakldagi tizimlar yig‘indisini tashkil qiladi, ular rivojlanmoqda. Bunday taqiqdan so‘ng, ularning faoliyati qiyinlashib qoladi va odamlar terrorchilik guruhlarga qo‘shilib qolish holatlari kamayadi", — dedi muftiy.
Rossiya bu muammo bilan 90-chi yillarda to‘qnash keldi.
"Biz dog‘istonliklar, voxobiylikning barcha oqibatlarini o‘zimizda xis qildik. Og‘ir bo‘lgan 1999-yilda (o‘sha vaqtda Shamil Basayev jangarilari respublika hududida kirib borishgan) hammasi aynan shu g‘oyadan boshlangandi. Bundan oldin boshqa joyda bo‘lgani kabi, butkul terrorchilik va zo‘rovonlikka aylanib ketdi", — dedi Dog‘iston muftiy o‘rinbosari Axmad Kaxayev. U Tataristondagi hamkasblarining takliflarini qo‘llab-quvvatladi.
Biroq dinlararo kengashning barcha a’zolari bunga qo‘shilmadilar.
Rossiya muftiylar kengashi yig‘ilish boshlanishidan bir necha daqiqa qolganda o‘z vakilini chaqirib oladi. Bu amalni "dindorlarni e’tiqodi uchun ta’qib qilish" tamoyili kiritish, aniq bir noqonuniy harakatlar "Rossiya musulmon jamoatchiligi va millatlararo totuvlikka, Rossiya davlat huquqiy madaniyatiga juda salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin" deb tushuntiradi.
Rossiya muftiylar kengashi o‘zining rasmiy bayonotida "murosasizlik mafkurasiga qarshi kurashishning muhim ahamiyatga ega ekanligi va bu yo‘lda katta sa’y-harakatlarni amalga oshirib kelayotganligini" alohida ta’kidlab o‘tdi.
Voxobiylikning asl mohiyati
Voxobiylik islom olamida nisbatan yosh oqim hisoblanadi. U Arabiston yarim orolida XVIII asrda paydo bo‘lgan. Voxobiylar Saudiyalik ilohiyotchisi Muxammad ibn Ald Al-Voxxob izdoshlari bo‘lib, Usmon podsholigiga qarshi kurash olib borishgan.
"G‘oyaning asosida VII asrdagi "toza" islomga qaytishga intilish bo‘lgan. Voxobiylik tarafdorlari maishiy asketizm, yakka xudolik, Qur’on va Sunna to‘g‘ridan-to‘g‘ri talqin qilish, haqiqiy iymon uchun bosqinchilik urushlarini olib borishgan. Voxoboylik arab, dastlabki islomga taalluqli bo‘lmagan barcha narsalarni rad etadi (masalan tamaki, kofe). Voxobiylar ilohiylikka qarshi kurash olib borib, musulmon obidalarni shafqatsizlarcha vayron qilib, bularni hammasi "ko‘p xudolik", gunoh va ruxsat etilmagan hashamat deb hisoblaganlar", — dedi islomshunos olim Vsevolod Zolotuxin.
Rossiyada voxobiylik g‘oyasi haqida
Rossiyada 83 ta muftiylik faoliyat ko‘rsatadi. Millatlar ishi bo‘yicha federal agentlik boshlig‘i Igor Barinovning so‘zlariga ko‘ra, 2016-yilda ularning soni juda ko‘p ekanligini ko‘rsatadi. Ikki muftiylik Rossiya islom olamida rahbarlik qilmoqchi — Rossiya musulmonlar diniy boshqarmasi (Rossiya muftiylar kengashi tarkibida faoliyat ko‘rsatadi) va Rossiya musulmonlar markaziy diniy boshqarmasi (mamlakatdagi qadimiy musulmon diniy tashkilot). Shuningdek, Rossiya musulmonlar diniy yig‘ini ham bor, bu tashkilot 2016-yil oxirida tashkil etilgan.
Bulardan tashqari, Shimoliy Kavkaz musulmonlar muvofiqlashtiruvchi markazi, Tatariston Respublikasi diniy boshqarmasi va Dog‘iston musulmonlar diniy boshqarmasi ham yirik islomiy tashkilotlar hisoblanadi. Rossiyada hisob-kitoblarga ko‘ra, 12 dan 20-25 gacha million musulmonlar bor.
Voxobiylikni taqiqlashga chaqirayotgan Tatariston muftiyati diniy idoralardan yagona emas. 2016-yil avgustda Grozniy shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi bir qator islom diniy tashkilotlar voxobiylik oqimi tarafdorlarini "haqiqiy musulmon" emasligi to‘g‘risida fatvoni qabul qilgandi.
Biroq Rossiya muftiylar kengashi bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamadi. Bu masalani batafsil o‘rganib chiqishga chorlab, maxsus diniy komissiyasini tashkil qiladi.
Voxobiylikni aniqlash qiyin
Islomshunos olim Alikber Alikberovning so‘zlariga ko‘ra, har bir Rossiya muftiyliklari voxobiylikni o‘zicha tushunadi.
"Voxobiylik har xil bo‘ladi. Masalan, Chechenistonda islomiy shiorlar ostida yashirilgan ochiq ekstremistlar bilan to‘qnash keldi", — dedi u.
Agar voxobiylikni taqiqlash g‘oya sifatida gapililsa, jiddiy muammo kelib chiqadi, chunki voxobiyli juda keng hodisadir. Uning tarkibiga ko‘p narsa kiradi — barcha dinlarga xos bo‘lgan rigorizm, sof diniy e’tiqodga intilishdan ochiq ekstremizmgacha.
"Aynan voxobiylik tushunchasini huquqiy noaniqligi — uni huquqiy amaliyotga kiritish juda qiyin. Hech kim, albatta, nimani taqiqlash kerakligini ayta olmaydi. Axir voxobiylik bilan umumiy elementlar, masalan sufiylik bilan bor, bundan ketib bo‘lmaydi", — deb ta’kidladi Alikberov.
Konsensus bor
"Boshqa muammo — turli ta’limotlar ostida yashirilayotgan, bu insonga nafrat bilan qaraydigan mafkurani aniqlash masalasi", — deydi Alikberov.
Bu islom jamoati ichida "konsensus ishlab chiqish"ni taqazo qiladi. Bu muammo "ehtiyotkorona va batafsil o‘rganib chiqish"ni talab qilmoqda.
Musulmon ummasida yagona islomiy shiorlar ostida ekstremizmni yo‘q qilishga intilish bor.
Rossiya davlat dumasida voxobiylik masalasi oddiy emas deb hisoblashadi. Jamoat va diniy tashkilotlar ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Vatkin fikriga ko‘ra, mafkura o‘zini taqiqlab bo‘lmaydi.
"Ushbu g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish borasida qonuniy, ma’muriy yoki kuch choralari bilan cheklash mumkin. Yashirin yacheykalarni aniqlash, u yoki bu tashkilotga tarafdorlarni yollashni to‘xtatishni amalga oshirish mumkin. Lekin qanday qilib mafkurani taqiqlash mumkin?", — deydi deputat.
Biroq, musulmon yetakchilarining bahslari va hokimiyat vakillarining fikrlarini hisobga olganda, bu masaladagi munozara endi boshlanishi xususida xulosa qilish mumkin.