Stokgolmdagi terakt: Rahmat Okilov iqrorlik ko‘rsatmasini berdi

"Oqilov 149 nafar arizachidan 130 nafariga nisbatan jinoyat sodir etganligini tan oldi. Sud jarayoni avvalida Oqilov, shuningdek, o‘z aksiyasi vaqtida halok bo‘lgan besh kishining qotili ekanligida iqror bo‘ldi", - deb xabar qilmoqda Shvetsiya radiosi
Sputnik

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘tgan yilning apreloyida Stokgolmda teraktni amalga oshirganlikda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi Rahmat Oqilov sudda iqrorlik ko‘rsatmasini berdi, deb xabar qildi RIA Novosti Shvetsiyaning SR radioasiga tayangan holda.

Oqilov Stokgolmdagi teraktni ID amiri buyrug‘i bilan amalga oshirganini aytdi
2017 yilning 7-aprel, juma kunida Stokgolm markazidagi yo‘lovchilar yuradigan ko‘chalarning birida yuk mashinasi odamlar ustiga qarab bostirib borgan. Oradan 500 metrdan ziyod masofa o‘tgach, u Åhlens savdo markazi binosiga borib urilgan. Besh kishi halok bo‘lgan, 15 kishi turli darajadagi jarohatlarni olgan. Stokgolm hukumati ro‘y bergan voqeani terakt deb tan olgan.

Teraktni sodir etganlikda O‘zbekiston fuqarosi 40 yashar Rahmat Oqilov gumon qilinmoqda. U jinoyat sodir etilgan kunda hibsga olingan va o‘sha vaqtdan buyon qamoqda saqlanib kelinmoqda.

Terakt bo‘yicha sud 13-fevral kuni boshlangan va 9-may kuni yakunlanadi. Sud hukmi iyun oyining ikkinchi yarmida chiqarilishi kutilmoqda. Sudga yo‘naltirilgan hujjatlarda 150 nafar jabrlanuvchilar ismlari sanab o‘tilgan.

Stokgolmda O‘zbekiston fuqarosi Rahmat Akilov ustidan sud jarayoni boshlandi
Qoralovchi tomon Oqilovga umrbod qamoq jazosi berilishini va uning keyinchalik Shvetsiya hududiga kirishni umrbod ta’qiqlash sharti bilan mamlakatdan chiqarib yuborilishini qat’iy talab qilmoqda. Oqilov, terroristik jinoyatni sodir etganlik va terroristik jinoyatni sodir etishga urinish yoki xavfsizlikka tahdidni yuzaga keltirganlikda ayblanmoqda.

Oqilov qo‘lga olingach, darhol terroristik jinoyatni sodir etganlikka iqror bo‘lgan va shu paytgacha bo‘lgan vaqt davomida tergov bilan hamkorlik qilgan.

Shvetsiya radiosi izohiga ko‘ra, chorshanba kuni Stokgolm sudi terakt sodir bo‘lgan joyda bo‘lgan va uning oqibatida jarblangan jabrlanuvchilarni eshitishni tugatgan.

"Oqilov 149 nafar arizachidan 130 nafariga nisbatan jinoyat sodir etganligini tan oldi. Sud jarayoni avvalida Oqilov, shuningdek, o‘z aksiyasi vaqtida halok bo‘lgan besh kishining qotilligida iqror bo‘lgan", — deb xabar qiladi radiostansiya.

Oqilov ishi bo‘yicha sud eshituvi payshanba kuni davom etadi va bunda halok bo‘lganlarning qarindoshlari ko‘rsatmalari taqdim etiladi.