TOShKENT, 17 apr — Sputnik.Irina Alksnis. Mustaqil davlatlarga raketa va bombalar yordamida zarba berishni xush ko‘radigan, g‘arbiy hamkorlaridan farqli o‘laroq ravishda, Rossiya – boshqa sohalarda “bomba portlatishni” yaxshi ko‘radi.
Ma’lumki, o‘tgan shanba AQSh, Britaniya va Fransiya Suriyani kimoviy qurol ishlatishda ayblab, uning ustiga raketalar yog‘dirgan kuni, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshqa “kimoviy ish” bo‘yicha muhim xabarni e’lon qilgan edi.
Rossiya Tashqi mudofaa majlisida nutq so‘zlagan Sergey Lavrov, Shveysariyaning Shpis shahrida joylashgan, Kimoviy qurolni ta’qiqlash tashkilotiga (KQTT) qarashli bo‘lgan radio-kimoviy laboratoriyaning, Skripallar zaharlangan Solsberi shahridan keltirilgan zaharli modda namunalari haqidagi xulosasini e’lon qildi.
Sergey Lavrov o‘qib eshittirgan hujjatda quyidagi so‘zlar keltirilgan:
“O‘tkazilgan ekspertiza natijasida namunalarda BZ nomli zaharli kimoviy modda va uning prekursorlarining izlari topilgan. Bu Kimoviy qurolni ta’qiqlash konvensiyasining ikkinchi kategoriyasiga oid kimoviy modda hisoblanadi. BZ zaharli kimoviy moddasi – bu insonni ruhiy-falaj qilib vaqtincha harakatsizlantiruvchi zaharli modda hisoblanadi. Uning ta’siri qo‘llanilganidan 30-60 daqiqa o‘tib boshlanadi va 4 sutkagacha davom etadi. Ushbu zaharli modda AQSh, Buyuk Britaniya va NATOning boshqa mamlakatlari armiyalarida qo‘llanilgan. SSSR va Rossiyada bunday kimoviy modda ishlab chiqarilmagan.”
Ushbu hujjat asosida, Moskva KQTTdan, Solsberidagi voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazilganda, nima sababdan Shpis laboratoriyasining ekspertizasi natijalari hisobga olinmaganini so‘radi.
KQTT esa, Shpisdagi laboratoriya Lavrovning so‘zlarini tasdiqlash borasida berilgan savolga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobdan qochib, “Bunga faqat KQTTning huquqi bor. Bizning hisobotda Britaniyaning Porton-Daun laboratoriyasi xulosalari keltirilgan. Ular shunchalik aniq-ki ularga ishonaverish mumkin”, – deya javob berdi.
Ushbu vaziyatning eng “g‘aroyib” tomoni shundaki, olimlarning javobi rasmiy shaxslarni qoniqtirmaganidan so‘ng, ular yo‘q joydan allaqanday dalillar izlamoqda va faktlarni buzish bilan shug‘ullanmoqda.
Bundan ikki hafta oldin, Britaniya TIVida Skripal ishi yuzasidan katta janjal kelib chiqan edi. Bunga Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonning ekspertiza natijalari yuzasidan yolg‘on gapirgani va ushbu ishda Rossiyani ayblagani sabab bo‘ldi.
Ushbu voqeada dunyo jamoatchiligini hayratga solgan narsa bu – Britaniya hukumatining yolg‘on gapirishi emas, balkim ular ushbu ishni, naqadar no‘noqlik bilan amalga oshirayotganidir. Skripallar ishining boshidan oxirigacha soxta ekani shunchalik yaqqol ko‘rinib qolgan-ki, bu xalqaro siyosatda fitna va makr-hiyla ishlatish bo‘yicha ustasi farang hisoblangan Britaniya uchun – haqiqiy sharmandalikdir.
Kimoviy qurolni ta’qiqlash tashkiloti
“Sovuq urush” davrida dunyoning ikki yirik mamlakati insoniyat xavfsizligi uchun muhim bo‘lgan masalalarda kelishib olishi uchun bir necha xalqaro tashkilotlar yaratishgan edi. Ushbu tashkilotlarning asosiy maqsadi dunyoda muvozanat va barqarorlikni saqlab turish bo‘lib, ularning faoliyati mustaqillik va xolislikka asoslangan edi. O‘sha davrda faqat ana shunday asosda bir-biriga ishonmaydigan ikki davlat orasida muhim masalalar bo‘yicha kelishuvlarga erishi mumkin edi.
Ushbu tashkilotning poydevori o‘ta mustahkam bo‘lganligini qayd etish lozim. U sovuq urush tugaganidan keyin ham u 30 yil davomida faoliyat yuritib keldi.
Lekin hamma narsa bir kun kelib tugar ekan…
Ko‘z oldimizda yuqorida aytib o‘tilgan xalqaro tashkilotlar tizimi ham yemirilib ketmoqda. Buning isbotlari har sohada ko‘rinib qolgan.
Masalan, bir yil oldin, ko‘pchillik doping mojarosida XOK Rossiya olimpiya jamoasiga xolisona baho berishiga, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi o‘zi o‘tirgan shoxga o‘zi bolta urmasligiga ishonar edi. Lekin ikki oy oldin barcha, rasman oqlangan sportchilarga, Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishiga ruxsat berilmaganining guvohi bo‘ldi.
BMT — xalqaro tashkilot sifatida o‘z mazmunini butunlay yo‘qotib qo‘ygani haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Bugun ko‘pchillik, ushbu tashkilotning bir vaqtlar Millatlar ligasi kabi, kuni bitayotgani haqida gapirmoqda. Bosh kotib Antonio Guterrish, G‘arb mamlakatlari Suriyaga zarba berganda, oddiy rasmiyatchilik sifatida bo‘lsa ham ushbu (noqonuniy) harakatlarga qarshi bir og‘iz so‘z demadi. Ushbu holat BMT “tobuti qopqog‘iga navbatdagi mixlarni qoqdi”, desak adashmaymiz.
Oxirgi kunlarda KQTT va uning obro‘si haqida ko‘p gaplar aytildi. Ayniqsa tashkilot o‘zining obro‘sini saqlab qolish uchun yolg‘on xulosa chiqarmaydi, demak Skripal ishi tufayli Rossiyaga qilinayotgan tuhmatlarning barchasi yolg‘on bo‘lib chiqadi, qabilidagi gaplar. Bunday bo‘lmaganini biz bugun ko‘rib turibmiz.
Lavrovning nutqiga ko‘ra, KQTTning bayonotiga kamida bitta – Rossiyaning aybi yo‘qligini mutlaq tasdiqlaydigan dalil kiritilmagan. Bayonotning o‘zi esa shunchalik mavhum tuzilganki, uning asosida istalgan tomonni ayblash mumkin.
Vaziyatning eng kulgili tomoni shundaki, jahonning yakkayu-yagona hokimi bo‘lishni istagan davlatning ustuvorligi barchaning ko‘zi o‘ngida yo‘qqa chiqayotgan bir vaqtda, nufuzli va obro‘li tashkilotlar o‘zlarini uning oyog‘i ostida qurbon qilmoqda.