Skripallar NATO kimoviy quroli bilan zaharlangan

© AFP 2023 / PHILIPP GUELLANDXimicheskaya zashita
Ximicheskaya zashita - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“BZ” nomli zaharlovchi moddalar NATO mamlakatlari, xususan AQSh va Britaniya tomonidan foydalanilgan, Rossiya va SSSR mamlakatlarida hech qachon ishlab chiqarilmagan.

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Kimoviy qurolni ta’qiqlash tashkilotining Shveysariyada joylashgan tadqiqotlar markazi, Solsberidan olib kelingan zaharlovchi moddalar namunalarini o‘rganib chiqib, ularning tarkibida “BZ” nomli moddalar borligini aniqlashdi,  RIA Novosti xabariga asosan.

Gorod Solsberi v Velikobritanii, gde bili otravleni S. Skripal i yego doch - Sputnik O‘zbekiston
KQTT Skripallar nima bilan zaharlanganini aniqladi, lekin aytmaydi
"BZ" nomli zaharlovchi moddalar NATO mamlakatlari kimoviy qurollari tarkibida, xususan, AQSh va Britaniya tomonidan foydalanilgan. Rossiya va SSSR mamlakatlarida hech qachon ishlab chiqarilmagan va foydalanilmagan.

Bu haqida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Mudofaa Kengashi majlisida xabar qildi.

"Zaharlangan Sergey va Yuliya Skripallar hamda politsiya xodimining allaqachon kasalxonadan chiqqanini hisobga olganda, ushbu zaharlanishning “umumiy klinik manzarasi” – aynan “BZ” moddasi bilan zaharlanishga o‘xshaydi", — dedi Sergey Lavrov.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning 4-mart kuni Britaniyaning Solsberi shahrida Britaniya foydasiga shpionlik qilgan, Rossiyaning Bosh razvedka boshqarmasi sobiq xodimi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning kimoviy qurol yordamida zaharlanishi oqibatida katta xalqaro janjal kelib chiqqan edi. Britaniya bosh vaziri Tereza  Mey ushbu jinoyatda so‘zsiz Rossiya aybdor deb e’lon qilgan va 20ta Rossiya dplomatlarini mamlakatdan chiqib ketishini talab qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0