Norov Afg‘oniston urushining uch bosqichi haqida

Simpoziumlar saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirda siyosatchi Vladimir Norov "Afg‘oniston mojarosining kelib chiqishi va uni tinch yo‘l bilan xal qilish bo‘yicha xalqaro tashabbuslar" mavzusida ma’ruza o‘qidi
Sputnik

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Afg‘onistondagi hozirgi holat — qo‘shni mamlakatlar va manfaatdor qudratli davlatlarning konstruktiv ishtirokisiz mojaroni hal etishning imkoni yo‘qligidan dalolat bermoqda, dedi bugun Simpoziumlar saroyida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov.

Afg‘onistonga bag‘ishlangan yuqori darajali Toshkent anjumani

O‘z chiqishi davomida Norov Afg‘oniston urushining uch bosqichi, "Tolibon"ning "Islom davlati"dan farqi hamda Afg‘oniston rahbariyati tomonidan olib borilayotgan mamlakatda vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan harakatlar haqida to‘xtaldi.

"Afg‘onistondagi vaziyatning oxirgi 40-yil davomidagi tahlili shunday xulosa qilish imkonini beradi-ki, mamlakatdagi qurolli mojarolar tarixi o‘zining 3ta rivojlanish bosqichiga ega", — dedi Norov.

Birinchi bosqich: sovet qo‘shinining kiritilishi

1979 yilning dekabrida cheklangan sovet harbiylari Afg‘onistonga kiritilgach, 1989-yilga qadar bu davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ziddiyatlar kuchayishi kuzatilgan. O‘sha vaqtda Afg‘oniston hududida "Afg‘on urushi" nomini olgan harbiy harakatlar olib borilgan, lekin haqiqatda bu fuqarolarning qurollangan qarshiliklar ko‘rsatgan davri bo‘lgan. 

Vivod sovetskix voysk iz Afganistana

1989 yilning fevralida SSSR qo‘shinlari Afg‘oniston hududidan olib chiqib ketilgach, mamlakatdagi vaziyat keskin o‘tkir tus olgan.

O‘sha vaqtda qurollangan muxolifat kuchlar o‘z ta’sirini kengaytirib borayotgan bir sharoitda, Afg‘oniston prezidenti Muhammad Najibulloh hokimiyat tepasida 3-yilgacha qolishga muvaffaq bo‘lgan. 1991-yilda SSSR tarqalib ketgach, har qanday turdagi yordam ko‘rsatilishi to‘xtatilgan bir vaqtda prezident Najibulloh 1992-yilda iste’fo berishga majbur bo‘lgan va sovet qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etgach hukumat tepasiga Burhonuddin Rabboniy boshchiligidagi oppozitsiya vakillari kelishgan.

Ikkinchi bosqich: "Tolibon"ning vujudga kelishi

Norovga ko‘ra, Afg‘onistonda ziddiyatlar o‘tkir tus olishining ikkinchi sababi — mamlakat harbiy siyosiy xaritasida "Tolibon" harakatining vujudga kelishi bilan bog‘liq. Ularning vujudga kelishi va kengayishi Afg‘oniston janubidagi Qandag‘or provinsiyasidan boshlangan.

"Dastavval soni unchalik ko‘p bo‘lmagan harakatga shiddat bilan yangi-yangi kuchlar kelib qo‘shilgan va uning safi yangi tarafdorlar bilan kengayib borgan. 1995-yilga kelib toliblar mamlakatning teng yarim hududini nazoratga olgan. 1996-yilga kelib ular Afg‘oniston poytaxtini egallab oldilar va Afg‘onistonni Islom Amirligi deb e’lon qiladilar", — dedi Norov.

Boyeviki gruppirovki Taliban. Arxivnoe foto

Siyosatchining aytishicha, Burhonuddin Rabboniy hukumati tarafdorlari yangi hukumatga oppozitsiyada edi — "Tolibon"ning ularga qarshi kurashi 1996-yildan 2001-yilgacha davom etgan.

Shuni qayd etish kerakki, "Shimoliy alyans" nomi ostidagi birlashgan kuchlar "Tolibon"ning bosqinchilik harakatlarini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan va shu tariqa 1997-yilning boshidan Afg‘onistonda o‘ziga xos "kvo" maqomi shakllangan. Bunda tomonlarning birortasi butun mamlakatda nazoratni o‘z qo‘liga ololmagan edi. Shu bois, ular o‘rtasida pozitsiya uchun kurash davom etib kelayotgandi.

1990 yillar boshlarida Afg‘onistondagi notinchlik Markaziy Osiyo mintaqasi uchun katta bo‘lgan tahdilar manbai edi — bular terrorizm, diniy ekstremizm, narkobiznes va noqonuniy qurol savdosi.

"Tolibon" harakati Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkaziladigan tinchlik muzokaralariga qiziqish bildirdi

Mana shunday shart-sharoitlarda O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatishga qaratilgan qator tashabbuslar bilan chiqish qildi.

Xususan, BMT shafeligi ostida Afg‘onistonning qo‘shnilari va do‘stlari — "6+2" formatida aloqa kelishuv guruhini tuzish tashabbusi. Bunda Afg‘oniston bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri chegaradosh bo‘lgan davlatlar: Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston shuningdek, AQSh va Rossiya ishtirok etdi.

1998 yil 21-sentabrda Nyu-Yorkda Tashqi ishlar vazirlar darajasida "6+2" formatida uchrashuv tashkillashtirildi.

1999 yil 19-20 iyulda BMT shafeligida "6+2" guruhining oliy darajada Toshkent uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bunda aloqa guruhining a’zolaridan tashqari afg‘on mojarosining asosiy ishtirokchilari — "Shimoliy alyans" va "Tolibon" harakati vakillari  qatnashdilar.

Toshkent anjumanidan so‘ng hech qanday natija bermagan kuch metodidan voz kechish va ziddiyatni tinch yo‘l bilan hal etishning asosiy tamoyili haqida xalqaro konsensus qabul qilindi.

Tomonlar vaziyatning yanada chuqur ildiz otishini — butun dunyo hamjamiyatining hamkorlikdagi va faol harakatlari orqali to‘xtatish imkoni borligini tan oldilar. Muzokara ishtirokchilari uzoq muddatli tinchlik faqatgina afg‘on xalqining o‘zini harakati orqali o‘rnatilishi mumkinligini bir ovozdan qayd etdilar.

Uchinchi bosqich: AQSh qo‘shinining kiritilishi

Afg‘on mojarosining uchinchi bosqichi 2001-yil  11-sentabrda Vashingtonda sodir etilgan teraktlardan keyin yangi shakllarga ega bo‘ldi, dedi Norov.

Siyosatchining aytishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari va u boshchiligida to‘plangan xalqaro koalitsiya BMT Xavfsizlik Kengashining 2001-yil 20-dekabrdagi rezolitsiyasi asosida Afg‘onistonda harbiy operatsiyani boshlagan. Ammo so‘nggi 17-yil davomida Afg‘onistonda yuz berayotgan qurollangan to‘qnashuvlar tinchlik va barqarorlik o‘rnatishda hech qanday natija bermagan. 

Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet

Bundan tashqari Afg‘oniston hududida keyingi vaqtlarda Afg‘on hukumati hamda butun dunyoda xalovatsizlikni keltirib chiqarayotgan yovuz kuch paydo bo‘ldi — bu yerda gap "Islom davlati" deb atalmish uyushma haqida bormoqda. 

"Agar "Tolibon" asosan pushtunlar harakati bo‘lsa va uning yetakchilari o‘z oldilariga hech qachon ekspansiyaviy (bosib olish, keng tarqalish) vazifalarini qo‘ymagan bo‘lsa, "Islom davlati" ulardan farqli o‘laroq Butunjahon xalifalik davlatini tuzishga harakat qilmoqda.

Afg‘on inqirozining uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan, tugal bilmas xarakteriga qaramay, mamlakat hukumati xalqaro ishtirokchilar va kuzatuvchilarni jalb etgan holda uni hal etishning munosib va o‘zaro manfaatli yo‘llarini topishga harakat qilmoqda.

Afg‘onistondagi hozirgi holat — qo‘shni mamlakatlar va manfaatdor qudratli davlatlarning konstruktiv ishtirokisiz mojaroni hal etishning imkoni yo‘qligidan dalolat bermoqda", dedi o‘z chiqishi yakunida Norov.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent anjumani 26-27 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ashraf G‘ani 400-yildan keyin odamlar o‘zi va Mirziyoyev haqida nimalar deyishini aytdi
O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, 12-mart sanasiga qadar o‘zlarining diplomatik kanallari orqali forumda ishtirok etishlarini Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkiya TIV rahbarlari, Yevropa Ittifoqining xorijiy masalalar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Afg‘onistondagi BMT maxsus vakili tasdiqlaganlar.

AQSh tomonidan anjumanda Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari ishtirok etadi.

23 mart kunidan boshlab Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi matbuot markazi ish boshladi. Matbuot markazi kuniga 24 soat ishlaydi.

Ushbu mnosabat bilan o‘tkazilgan bugungi tadbirda matbuot markazi rahbari — konferensiya matbuot-kotibi Sherzod Qudratxo‘jayev, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov, Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markaz direktori Eldor Oripov, tarix fanlari doktori, professor Sherzod Abdullayev va boshqalar Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkaziladigan mazkur nufuzli anjumanning Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishni ta’minlash va qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayonlaridagi ahamiyati haqida to‘xtaldi.

Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasini yoritishda 300 ga yaqin mahalliy va 20 dan ortiq xorijiy OAV vakillari qatnashadi. 

Jurnalistlarga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida bo‘ladigan konferensiyaning asosiy tadbirlari matbuot markaziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadi. Bundan tashqari, markaz zamonaviy kompyuterlar, printerlar va boshqa ko‘p funksiyali qurilmalar bilan jihozlangan. Yuqori tezlikdagi Wi-Fi va simli uzatish orqali Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati mavjud.