TOShKENT, 5 mar – Sputnik. Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli yuqori darajali Toshkent xalqaro anjumani 26-27 mart kunlari bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu anjuman mantaqada xavfsizlik o‘rnatish bo‘yicha O‘zbekiston rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan umumiy strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi.
O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan barcha xalqaro forumlarda ishtirok etib kelmoqda. Ular orasida “Qobul jarayoni”, “Moskva formati”, “Osiyo yuragi – Istambul jarayoni”, Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro aloqa guruhi, “ShHT-Afg‘oniston” aloqa guruhi, Mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik anjumani (REKKA).
Nyu Yorkda ushbu yilning 19-yanvarida bo‘lib o‘tgan BMT Xavfsizlik kengashi doirasida O‘zbekiston va Afg‘oniston tomonidan Toshkent forumining taqdimoti bo‘lib o‘tgan edi.
Toshkent anjumani “Qobul jarayoni”ning ikkini bosqichidan keyin bo‘lib o‘tadi va xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatishga qaratilgan s’ay-harakatlarining mantiqiy davomiga aylanadi.
Anjuman ochilishmarosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Islom Afg‘on respublikasi prezidenti Ashraf G‘ani nutq so‘zlaydilar.
Toshkent anjumanidan ishtirok etish uchun BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh va tashkilotning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tadamiti Yamamoto, YeIning xorijiy ishlar, siyosat va xavfsizlik bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini, shuningdek Xitoy, Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va BAA tashqi ishlar vazirlari taklif qilingan.
Anjmuan ishtirokchilari, Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” orasida, hech qanday dastlabki shartlar qo‘ymasdan, tinchlik o‘rnatish muzokaralarini imkon qadar tezroq boshlash borasida — bir ovozdan, yakdil fikr bildirishlari kutilmoqda.
Anjuman yakunlariga ko‘ra Toshkent deklaratsiyasini qabul qlish rejalashtirilgan. Deklaratsiyaga quyidagilar kiritilishi kutilmoqda:
- birinchidan, tinchlik jarayoni BMT Xavfsizlik kengashi Bosh assambleyasi rezolyutsiyalariga muvofiq ravishda, afg‘onistonliklarning o‘z kuchlari rahbarligida bo‘lib o‘tishi kerak;
- ikkinchidan, qurollangan muxolifat kuchlarini Afg‘oniston siyosiy hayotiga qonuniy siyosiy kuch sifatida kiritilishi, tinchlik o‘rnatish jarayonining muhim kafolati sifatida qabul qilinadi;
- uchinchidan, xalqaro hamjamiyat terrorchilikning har qanday ko‘rinishiga, ularni farqlamasdan, qarshi chiqadi va xalqaro terrorchilik, narkotik moddalar tashib o‘tish Afg‘oniston uchun ham, mintaqa uchun ham butun dunyo uchun ham katta xavf tug‘diradi;
Toshkent anjumani arafasida, “Markaziy Osiyo + Afg‘oniston” (S5+1) yangi formatdagi anjumanning birinchi majlisi bo‘lib o‘tadi. Ushbu anjuman faoliyati Afg‘onistonni O‘rta Osiyo mamlakatlari savdo-iqtisodiy va infratuzilmaviy munosabatlari tizimiga muvaffaqiyatli kirib kelishiga xizmat qiladi. Shuningdek, umummintaqaviy loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qiladi.
Toshkent anjumanini tashkil qilish tashabbusi bilan chiqqan O‘zbekiston, uni bir marotabalik tadbir sifatida qoldirishni niyat qilmagan. Respublika kelajakda ham Afg‘onistonda siyosiy tinchlik o‘rnatishga qaratilgan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tadbirlar o‘tkazishni rejalashtirgan.
Toshkent anjumani oldidan turgan oliy maqsadlar, shuningdek unining faoliyatida BMT Xavfsizlik kengashiga a’zo davlatlarning barchasi, ShHTdavlatari va Afg‘onistonga qo‘shni bo‘lgan mamlakatlarning barchasi ishtirok etishi – butun dunyoda ushbu forumga bo‘lgan qiziqishni yanada ortirrmoqda. Anjumanni yoritish uchun butun dunyodan ko‘plab OAVlar vakillari kelishi kutilmoqda.
Anjuman tashkilotchilari ushbu tadbir Afg‘oniston barqarorlashuvi, rivojlanishi uchun mustahkam asos yaratilishiga, afg‘on xalqining farovonligini oshirishiga xizmat qilishiga umid qilmoqdalar.