"Tolibon" harakati Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkaziladigan tinchlik muzokaralariga qiziqish bildirdi

© AP/ str/Haider ShahPredstaviteli dvijeniya Taliban
Predstaviteli dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro anjuman 26-27 mart kunlari O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. "Tolibon" radikal harakati Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha tinchlik muzokaralariga qiziqish bildirdi, deb xabar qildi Reyter agentligi AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mettis bayonotiga tayangan holda.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Tolibon Toshkent anjumanida qatnashadimi - Tashqi ishlar vazirligi javobi
"Biz "Tolibon" tomondan qiziqish haqida xabar topdik…. Bizda ma’lum guruhlar bor — kichik guruhlar, ular kelishni boshlashdi va muzokaralarga qiziqish bildirishni boshladilar", — degan Mettis Afg‘onistonga safari oldidan. Uning Afg‘onistonga borishi haqida oldindan ma’lum qilinmagan edi.

NBC telekanali xabariga ko‘ra, vazirning tashrifi haqida xavfsizlik ehtiyot chorasi yuzasidan e’lon qilinmagan.

Ilgariroq O‘zbekiston TIV matbuot-xzmati dushanba kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etish bo‘yicha "Tolibon"dan murojaat olmaganini ma’lum qilgan edi.

TIV matbuot-xizmati Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha xalqaro anjumanga Xitoy va AQShning tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari, YeI tashqi siyosat xizmati rahbari, shuningdek BMT Bosh kotibi taklif etilgani haqida xabar bergan edi. Rossiya delegatsiyasi Sergey Lavrov boshchiligida tashrif buyuradi.

Yangiliklar lentasi
0