Putinga birinchi bo‘lib tabrik yo‘llagan yetakchilar

Rossiya prezidentligiga bo‘lib o‘tgan saylovlarda Putin uchun rekord darajadagi saylovchilar ovoz berishdi. Putin g‘alaba qozondi. Rus xalqi o‘zining birdamligini ko‘rsatdi, deya yozishmoqda OAVlar
Sputnik

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Dunyo yetakchilari Vladimir Putinni Rossiya prezidentligiga bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozongani bilan tabriklashni boshlab yubordilar.

Rossiya prezidenti saylovi: dastlabki natijalar
Putinni eng birinchilardan bo‘lib — XXR raisi Si Szinpin va Qozog‘iston yetakchisi Nursulton Nazarboyev tabrikladi.

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Vladimir Putinga yuborgan tabrik telegrammasida rossiya-xitoy munosabatlari eng yuqori darajadaligini alohida ta’kidlab o‘tgan va bu munosabatlarni bundan keyin ham rivojlantirishga tayyorligini bildirgan.

Si Szinpin Moskva va Pekin o‘rtasidagi aloqalar "o‘zaro hurmat, tenglik va o‘zaro manfaatlilikka asoslangan yangi tipdagi xalqaro munosabatlar namunasi bo‘lganligini" aytib o‘tdi.

Xitoy yetakchisi shuningdek, Rossiya davlatchilik taraqqiyotida yangi muvaffaqiyatlarni qozona olishiga ishonch bildirgan.

"So‘nggi yillarda rossiya xalqi o‘zining birdamligi va hamjihatligini namoyon qilmoqda, taraqqiyot yo‘lidan va kuchli mamlakatni yaratish yo‘lidan bormoqda, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim natijalarga erishilgan. Rossiya xalqaro masalalarda muhim konstruktiv rol o‘ynaydi", — deb qayd etgan Si Szinpin.

Nazarboyev va Kastroning tabrigi

Qozog‘iston prezidenti rossiyalik hamkasbini telefon orqali tabrikladi.

Nazarboyev Putinni prezident saylovlaridagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Kubaning Moskvadagi elchisi Xerardo Penyalver Portal esa Raul Kastro Vladimir Putinga "iliq noma" yo‘llagani haqida xabar bergan.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, kuba yetakchisi Rossiya prezidenti g‘alabasini ishonchli g‘alaba deb atagan.

Yetakchining noyob talanti

Putinga g‘alaba munosabati bilan, shuningdek Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va hukumat rahbari Ana Brnabich tabriknoma yo‘llaganlar.

Vuchich o‘z tabrik telegrammasida Putinga ikkiyoqlama munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shga hissasi hamda Serbiyaning hududiy butunligini himoya qilayotgani uchun minnatdorlik bildirgan.

Ana Brnabich, o‘z navbatida Putinning saylovlardagi g‘alabasi ishonchli bo‘lganini qayd etgan.

Vatanparvarlik namoyishi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Putinning Rossiya prezidenti etib qayta saylangani rossiyaliklarning "vatanparvarligi, yuqori siyosiy ongi"dan hamda "demokratik intilishlaridan" dalolat berishiga ishonch bildirgan.

Baranes: amerikalik generallar Putinning murojaatini og‘izlarini ochib tomosha qilishgan

Abzaziya prezidenti Raul Xadjimba esa saylovlar natijalari rossiyaliklarning Vladimir Putin tanlagan yo‘lga bo‘lgan ishonchini ko‘rsatishini aytgan.

"Rossiya iqtisodida ko‘pgina modernizatsiya ishlari amalga oshirildi, ijtimoiy sohani rivojlantirishga, xavfsizlik va mudofaa sohasiga, Rossiya manfaatlarini xalqaro sahnada himoya qilishga katta e’tibor qaratildi. Vladimir Vladimirovich, sizga Rossiya xalqi farovonligi uchun murakkab mehnat faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman", — deyiladi Abxaziya prezidenti tabrigida.

Poroshenko va Makkeyn tanqidi

Rossiyada o‘tkazilgan prezident saylovlari natijalaridan norozi bo‘lganlar ham topildi. Misol uchun, ukrainalik yetakchi Petr Poroshenko Qrimdagi ovoz berishlar noqonuniy o‘tkazilgani haqida bayonot qildi.

Putin: Ukraina voqealari vaqtida AQSh Rossiyani surbetlarcha aldagan

Poroshenkoning so‘zlariga ko‘ra, dunyo yetakchilari yarimorolda o‘tkazilgan saylov natijalarini tan olishga tayyor emas. "Qrim saylaydigan yagona prezident — bu Ukraina prezidenti bo‘ladi. Men bu borada shubha qilmayman", — degan Poroshenko. Uning so‘zlaridan matbuot-xizmati iqtibos keltirgan.

Amerikalik senator Jon Makkeyn o‘z navbatida rossiyalik saylovchilar Putinni qo‘llab-quvvatlashayotganiga shubha bildirgan. "Putin saylovchilarni o‘ziga qaratish uchun ko‘p narsalarni qilishiga to‘g‘ri kelgani, rossiyaliklar uning hukumatga bo‘lgan tortishuvi — yolg‘on ekanligini bilishlaridan dalolat beradi. AQSh ozodlikni istayotgan barcha rossiyaliklarni qo‘llab-quvvatlaydi", — deb yozgan Makkeyn o‘zining Twitter ida.

18 mart kuni Rossiyada bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida Putin 76% dan ko‘p ovoz oldi. Bu uning siyosiy karyerasidagi rekor ko‘rsatkichdir. Putin uchun 54,4 million fuqarolar ovoz berishgan.