TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Bugun bo‘lib o‘tgan prezident saylovning dastlabki natijalariga ko‘ra, Vladimir Putin 71,9 % ovoz bilan yetakchilik qilmoqda, Markaziy saylov qo‘mitasi xabariga asosan.
Rossiyada ovozlarni hisoblashda avtomatik tizimdan foydalanilgani sababli, ovoz berish jarayoni yakunlangan soniyada sayloving dastlabki natijalarini bilish mumkin. Ayni damda bulletenlarning 21,33 % hisoblab bo‘lingan. Ovozlarni hisoblash tuni bilan davom etadi.
Ayni damda ma’lum bo‘lgan dastlabki natijalar quyidagicha:
- Vladimir Putin - 71,9 %
- Pavel Grudinin – 15 %
- Vladimir Jirinovskiy – 6 %
- Kseniya Sobchak - 2,5%
- Grigoriy Yavlinskiy – 1,6%,
- Boris Titov – 1,1%
- Sergey Baburin – 1,0%,
- Maksim Suraykin – 0,8%
Rossiya MSQ rahbari Ella Pamfilova aytishiga qaraganda, ayni damda nomzodlarning hech biridan arznoma olinmagan, mamlakat ichida va tashqarisida fuqarolar ovoz berishda faol ishtirok etgan. Yaroqsiz deb topilgan bulletenlar 1,2 %ni tashkil qilgan.
Saylovning yakuniy natijalari dushanba kuni e’lon qilinadi.