TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Yaqinda O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston yetakchisi Emomali Rahmon o‘rtasida kelishuvlar imzolandi. Kelishuvlarning talablariga ko‘ra mamlakatlar o‘rtasida tovar aylanuvini ko‘paytirish, ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma yarmarkalarini o‘tkazish va tadbirkorlarga yordam ko‘rsatish boshlanadi.
To‘g‘ri, Toshkent va Dushanbening umumiy (va haqli) xursandchiligiga qaramasdan, o‘rta tadbirkorlar, oddiy savdogarlar va dehqonlar o‘zbek importi ularning kichik biznesiga ziyon yotkazmasmikan, deb o‘ylashmoqda.
Bozordagi raqobat mahalliy mahsulotlarga bo‘lgan talabni kamaytirmaydimi?
Sputnik Tojikiston bu qo‘rquvlar qanchalik haqiqatga yaqin ekanligini aniqlash maqsadida ekspertlarga murojaat qildi.
"Men o‘ylaymanki, bozor bir qancha vaqtda ijobiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda salbiy oqibatlarni seza boshlaydi. Agarda o‘zbek mahsulotlari tojik mahsulotlaridan arzon bo‘lsa, tabiiyki, ayrim korxonalarimiz qiyinchiliklarga uchraydi", — deb hisoblaydi siyosiy sharhlovchi Negmatullo Mirsaidov.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar va olibsotarlarga qiyin bo‘ladi.
Biroq, bu hammaga ham ta’sir qilmaydi. Mirsaidovning so‘zlariga ko‘ra, dehqonlarda o‘z kichik biznesni qayta taqsimlash va o‘z dalalarda O‘zbekistonga eksportga ketmaydigan meva sabzavotlarni yetishtirishni o‘ylab ko‘rish uchun vaqt bor.
Gap an’naviy "shimoliy" sabzavotlar — kartoshka va piyoz haqida ketmoqda.
Agrarchilar o‘rtasida raqobat ikkila respublika uchun foydali bo‘lishi mumkin. So‘nggi yillarda Xitoy tovarlari tobora bozorda mavjud bo‘lgan hamma joylarni egallab, tojik dehqonlarga hech qanday imkoniyat bermayapti. Shu vaziyatda O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari Xitoy issiqxonalarida yetishtirilgan meva va savzovotlarni siqib chiqarishi mumkin.
Rossiya fanlar akademiyasi iqtisodiyot instituti ilmiy xodimi Zarina Dadabayevaning fikriga ko‘ra, tojik qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarida o‘zbek eksportining ko‘payishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt bor.
"Bu o‘rnatilgan biznes. Xitoy o‘z pozitsiyalarini topshirishi mumkin, ammo darhor emas. Hatto, Rahmon va Mirziyoyev imzolagan 27 ta kelishuv hozircha qog‘ozda qolmoqda. O‘ylaymanki, kelishuvlar o‘z ta’sirini ko‘rsatishni boshlashi bilanoq bozorda hamma o‘z o‘rnini egallab oladi", — deb ta’kidladi Dadabayeva.
Tojikiston dalalarining iste’mol qilinmaydigan ne’mat — paxta haqida aytib o‘tish kerak. Ekspertlar tahminlariga ko‘ra, "oq oltin" baribir o‘z narxini saqlab qoladi. Ichki bozorda iste’mol qilinmagan qoldiqlar tezda eksportga chiqib ketadi va o‘zbek kompaniyalari vaziyatga hech qanday ta’sir ko‘rsata olmaydilar.
Milliy ishlab chiqaruvchilar yangi bozorlarga chiqishi bilan O‘zbekistonning o‘zida oziq-ovqat mahsulotlarining narxi ko‘tarilishi mumkin.
Biroq, Tojikistonda aksincha, iste’molchi meva sabzavotlarning narxi arzonlashganidan foyda ko‘radi.
Qanday bo‘lmasin, Tojikiston hukumati raqobat kurashida jangsiz taslim bo‘lmaydi va o‘z agrar siyosatini rivojlantirishdan voz kechmaydi.
Shunday qilib, fevral oyining oxirida Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi respublikaga 7 ta qishloq hududlarining aholisining turmush darajasini yaxshilash uchun 30 million dollar ajratdi.
Tojikiston Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu loyihaning asosiy maqsadi — iqlim o‘zgarishiga moslashishni hisobga olgan holda samaradorlikni oshirish, ekinlar nobud bo‘lishini kamaytirish va bu jarayonga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishdir.
O‘sha vaqtda fevral oyida Tojikiston qishloq xo‘jaligi vaziri Izatullo Sattori chigirtka va boshqa zararli hashoratlarga qarshi kurashish va 2018-yilda hosildorlikni ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Respublikaning sohaviy idorasining sezilarli kamchiligi — bu milliy mahsulotlarni xorijda yetarli darajada targ‘ib qilinmasligidir.
Xususan, yaqinda Moskvada o‘tkazilgan "Prodekspo-2018" ko‘rgazmasiga Tojikistondan atigi bitta firma — "Isfarafud" keldi. Ushbu firma Rossiyaga 2000-yildan beri quritilgan mevalarni yetkazib beradi.