Konibodomda o‘zbek va tojik savdogarlari mushtlashishmagan – Tojikiston IIV

© © Sputnik / Amir IsayevKPP Ravot na granitse Tadjikistana i Uzbekistana v gorode Kanibadam, arxivnoe foto
KPP Ravot na granitse Tadjikistana i Uzbekistana v gorode Kanibadam, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikistondagi ayrim OAVda Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara ochilganidan so‘ng Konibodom shahrida ikki davlat savdogarlari o‘rtasida mushtlashuv bo‘lgani haqida xabar paydo bo‘lgandi

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Tojikiston Ichki ishlar vazirligi tojikistonlik va o‘zbekistonlik savdogarlar o‘zaro mushtlashishgani haqida OAVda tarqalgan xabarlarga raddiya berdi.

Otkritie KPP Jartepa mejdu Uzbekistanom i Tadjikistanom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi to‘qqiz o‘tish punkti ochildi

Avvalroq ayrim OAVda Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara ochilganidan so‘ng Konibodom shahrida ikki davlat savdogarlari o‘rtasida mushtlashuv bo‘lgani haqida xabar paydo bo‘lgandi

"Go‘yoki o‘zbekistonlik tadbirkorlar Konibodom bozorida o‘z mahsulotlarini arzon narxda sotayotganidan norozi bo‘lgan tojikistonlik tadbirkorlar ular bilan mushtlashishganligi aytiladi",— deyiladi raddiyada.

Vazirlikning bildirishicha, mazkur xabarning haqiqatga nechog‘li yaqinligini tekshirish maqsadida So‘g‘d viloyati ichki ishlar organlari xodimlari Konibodom shahri va boshqa chegaradosh hududlarda bo‘lishdi. Tekshiruvlar natijasida tarqatilgan xabar yolg‘onligi va haqiqatga mos kelmasligi ma’lum bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0