Serenko: O‘zbekiston va Tojikiston sensatsion kelishuvni imzoladi

Obuna bo‘lish
Siyosatshunos, zamonaviy Afg‘onistonni o‘rganish Markazi eksperti Andrey Serenko Tojikiston va O‘zbekiston munosabatlari haqida fikr bildirdi

TOShKENT, 13 mar – Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlarida tub burilish yuz berdi, deya ishonch bilan gapirdi Andrey Serenko. Uning fikricha, ikki respublika o‘rtasida uzoq vaqt davomida sovuq urush borgan, bu urush turli nizolarda namoyon bo‘lgan.

"Bahslashish uchun bahonalar yetarli bo‘lgan, lekin yarashish uchun sabablar bo‘lmagan va respublikalar bir-biridan yopiqlikda yashagan", — dedi Serenko Sputnik radiosiga bergan intervyusida.

Ekspert agarda hattoki Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon birorta ham kelishuvni imzolamagan taqdirda ham O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga tashrifining o‘zi ulkan ahamiyat kasb etadi deb hisoblaydi.

Prezidenti Uzbekistana i Tadjikistana Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida hal qilinmagan masalalar qolmadi

"O‘zbekistonning Tojikiston energetik loyihalari, Rog‘un GESi qurilishida ishtirok etishga tayyorligini shubhasiz sensatsiya deb atash mumkin. Dushanbe va Toshkent munosabatlaridagi aksariyat nizoli holatlarning manbai aynan Rog‘un bo‘lib kelgandi", — dedi siyosatshunos.

U bugungi o‘zgarishlarga Mirziyoyevning harakatlari turtki bo‘lganligini ta’kidladi. Serenko bu dastlabki qadamlar ortidan ikki mamlakatning yaqinlashuvi yuz berishiga ishonch bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, ikki davlat rahbarlari hamda delegatsiyalar vakillari turli sohalardagi hamkorlik to‘g‘risida 27 hujjatga imzo chekishdi. Ular orasida Do‘stlik va yaxshi qo‘shnilikni mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot, O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma bor.

Yangiliklar lentasi
0