Rossiya TIV Britaniya elchisiga norozilik notasini topshirdi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Buyuk Britaniya elchisiga "Skripal ishi" bo‘yicha ayblovlar tufayli norozilik notasini topshirdi
Sputnik

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi sobiq razvedka polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishi yuzasidan qo‘yilayotgan ayblovlar tufayli Buyuk Britaniya elchisi Lori Bristouga keskin norozilik bildirdi.

Skripal ishi: Tereza Mey Rossiyaga ultimatum e’lon qildi
"Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Vladimir Titov tomonidan Britaniya hukumatining Rossiyani Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlanishida aloqadorlikda ayblayotgani yuzasidan keskin norozilik bildirildi", — deyiladi muassasa xabarida.

Xabarda Britaniya hukumatining harakatlari ochiqchasiga fitna xarakteriga ega ekanligi alohida ta’kidlangan. Shuningdek, Rossiyaning Solsberidagi hodisaga aloqasi yo‘qligi qo‘shimcha qilingan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi britaniya tergovi aytib o‘tgan modda namunasi Rossiyaga yuborilmas ekan, Moskva Londonning ultimatumiga javob bermasligini ma’lum qilgan.

Rossiya TIV bayonotiga ko‘ra, Buyuk Britaniya kimoviy qurolni ta’qiqlovchi Konvensiya doirasida harakat qilishi — demak-ki, hamkorlikda tergov harakatlarini olib borishi lozim.

"Busiz Londonning barcha bayonotlari ma’nosizdir. Ayni holatda esa, ushbu hodisaga, Britaniya hukumati nopoklarcha navbatdagi bor Rossiyani obro‘sizlantirishga urinmoqda, deya baho beramiz", — deb qo‘shimcha qilgan muassasa.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Angliyada Bosh razvedka boshqarmasining sobiq polkovnigi va uning qizi zaharlanib, kasalxonaga yotqizilgan edi. Hozirda ular koma holatida.

Putin AQSh nima uchun Rossiyaga sanksiya kiritayotgani sababini aytdi
Dushanba kuni Tereza Mey Skripalning zaharlanishiga Rossiyaning aloqadorligi "ehtimolga ancha yaqinligini" ma’um qildi.

Siyosatchi Moskvaga seshanba kuni kechgacha vaqt berib, bu vaqt oralig‘ida Rossiya ushbu holatni to‘liq tushuntirib berishi lozimligini, aks holda, avvalgidan ko‘ra "ancha jiddiy choralar ko‘rishi" bilan qo‘rqitdi.

Mey Rossiyani ayblar ekan, hech qanday dalil keltirmadi.

Rossiya TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova Mey bayonotini "sirk shousi" va fitna deya baholadi.