TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘zbekistonda "Coca-Cola" kompaniyasi shu yilda 2 mingdan ortiq muzlatgich sotib olishni rejalashtirdi, deb xabar qildi Sputnik.
Bu haqda agentlikka kompaniya bosh direktori Faxriddin Normatov ma’lum qildi.
"Shu yilda investitsiyalarni ko‘paytirishni rejalashtirganmiz. Xususan ularni bir qismi muzlatgich sotib olish uchun ko‘zda tutilgan. 2018-yilda 2 mingdan ortiq muzlatgich sotib olishni rejalashtirdik. Bu borada mahalliy ishlab chiqaruvchisi — "Artel" kompaniyasi hamkorlik qilamiz", — deb ta’kidladi "Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd" rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya birinchi yarim yillikda ming dona muzlatgich sotib oladi. Muzlatgichlar respublika bo‘ylab barcha savdo joylarda o‘rnatiladi.
Shuningdek, Coca-Cola zavodi o‘z mahsulotlarini sotish tizimini takomillashtiradi. Bu borada kompaniya doimiy ish olib boradi: savdo bo‘yicha vakillar va boshqaruvchilar uchun o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinadi.
Normatov shu yil yoz faslida ichimlik tanqisligi bo‘lmasligini ta’kidlab o‘tdi. Bugungi kunda respublikada kompaniya ishlab chiqaruvchi quvvati mahalliy bozorda iste’molchilarning ehtiyojini qondirishga yetarli darajada imkoniyat mavjud. Kompaniyaning asosiy mahsulotlari — Coca-Cola, Bonaqua, Fanta, Sprite.
Eslatib o‘tamiz, bu ichimlik tanqisligi bilan bog‘liq holatlar yozning jazirama kunlarida tez-tez bo‘lib turgan. Voqea shu darajaga borib yetgan vaqtlar ham bo‘lganki, ma’lum cheklovlar kiritib, bir kishiga bittadan ortiq ichimlik sotmagan vaqtlar ham bo‘lgan. Olibsotarlar esa ichimlik narxi ikki baravar va undan yuqori narxlarda sotishgan.
O‘zbekistonda Coca-Cola birinchi zavodi Toshkentda 1994-yilda qurilgan, 1997-yilda Urganch va Namanganda kompaniya korxonalari ochildi.