TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot-xizmati tergovda o‘tkazilgan tayziq tufayli o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan yigit haqida tarqalib ketgan xabar o‘rganilganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq chet el OAVlarida va ijtimoiy tarmoqlarda andijonlik 23 yashar yigit — Abduraxim Sattarov militsiya so‘rog‘idan keyin o‘z joniga qasd qilishga urindi, mazmunida abarlar tarqab ketgan edi.
Shuningdek, 2018-yilning 22-yanvar kuni soat 18:25da fuqaro Abduraxim Sattarov tergov bo‘limiga chaqirtirilib, u bilan suhbat o‘tkazilgani qo‘shimcha qilingan. Sattarov Baltabayevdan 1700 AQSh dollari, 11 mln. so‘m pullarini qarzga olganligini va pullarni qaytarish uchun Qozog‘iston Respublikasiga borib ishlab kelganligini bildirib, Ismoiljon Baltabayevning fuqarolik pasportini tergov bo‘limi surishtiruvchisi G‘.Ismonovga qaytarib bergan.
Qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro Abduraxim Sattarovning fuqarolik pasportida 2017-yilning oktabr-noyabr oylarida Qozog‘iston Respublikasiga chiqib kelganligi haqida qozoq tilida yozilgan muhr bosilgani aniqlangan. Muhrning haqiqiyligini tekshirish maqsadida, Abduraxim Sattarovning fuqarolik pasporti tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan va shu kuni soat 18.45da Andijon shahar IIB binosidan chiqarib yuborilgan.
2018 yilning 23-yanvar kuni soat 04.00da Andijon viloyati tez tibbiy yordam shifoxonasidan Andijon shahar IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga asosan, Abduraxim Sattarov yashash xonadonida ko‘p miqdorda "Dimidrol" tabletkalarini ichib olganligi va hushsiz holda oila a’zolari tomonidan shifoxonaga olib borilgani ma’lum bo‘lgan.
Ayni vaqtda fuqaro Abduraxim Sattarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.