Paxta yetishtiradigan fermerlarga kreditlar ajratiladi

Kreditlar yiliga 3 foizdan ortiq bo‘lmagan foiz stavkasi bo‘yicha va davlat buyurtmasi doirasida paxta xom ashyosi sotadigan fermer xo‘jaliklarini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan shartlar asosida ajratiladi
Sputnik

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov respublikada paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qarorini imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, 2018-yil paxta xom ashyosi hosili doirasida sinab ko‘rishni hisobga olgan holda ro‘yxat bo‘yicha hududlarda to‘qimachilik sanoati korxonalari hamda fermer xo‘jaliklari o‘rtasida paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berish yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktatsiya shartnomasini tuzish asosida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkil etiladi.

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikasi xarid qilish, mineral o‘g‘itlar, urug‘lik, yoqilg‘i-moylash materiallari, o‘simliklarni kimoviy himoya qilish vositalari va boshqa material resurslar yetkazib berish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari uchun nazarda tutilgan shartlar hamda tartib tatbiq etiladi;

Paxtani foyda bersa ham, foyda bermasa ham ekaverish vaqti o‘tdi – Mirziyoyev

paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi doirasida o‘z ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan paxta tolasi ixtiyoriy asosda sertifikatlanadi;

ishlab chiqarilgan paxta tolasining o‘z ishlab chiqarish quvvatlari ehtiyojlaridan oshadigan hajmlari paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktlar yoki birja savdolari orqali boshqa mahalliy iste’molchilarga sotiladi;

paxtadan olingan chigit paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchisi tomonidan mahsulotni qaytarish asosida yog‘-moy korxonalariga, yog‘-moy mahsulotini keyinchalik birja savdolari orqali realizatsiya qilish sharti bilan, qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha birinchi navbatda, fermer xo‘jaliklariga, shuningdek, boshqa mahalliy iste’molchilarga sotiladi;

O‘zbekiston paxta sotish sxemasini yana bir bor o‘zgartirdi

qo‘shimcha mahsulotlar (lint, o‘lik paxta va boshqalar) paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchisi tomonidan mahalliy iste’molchilarga birja savdolari orqali sotiladi;

paxta xom ashyosi narxi fermer xo‘jaliklarining rentabelligi hisobga olinib, shartnoma asosida belgilanadi va davlat ehtiyojlari uchun belgilangan narxlardan past bo‘lmasligi lozim.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda o‘n kun muddatda fermer xo‘jaliklari ro‘yxati belgilanadi hamda ularga paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari bilan kontraktatsiya shartnomalarini tuzishda amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Bir hafta muddatda paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berish bo‘yicha namunaviy kontraktatsiya shartnomasi ishlab chiqilib, tasdiqlanadi unda jumladan fermer xo‘jaliklarining o‘z majburiyatlarini so‘zsiz bajarishi choralari nazarda tutiladi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga shartnomalar shartlarining so‘zsiz bajarilishi, shuningdek, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi doirasida yerlardan samarali foydalanilishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi.

Mirziyoyev paxta tolasini O‘zbekistonda to‘liq qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish zarurligini aytdi

Hujjatga muvofiq, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari 2018-yil mobaynida paxta xom ashyosini yetishtirish va ularga yetkazib berishni moliyalashtirish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklari orqali kreditlar ajratadi va ta’minot sifatida sug‘urta polisi taqdim etadi.

Kreditlar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan yiliga 3 foizdan ortiq bo‘lmagan foiz stavkasi bo‘yicha va davlat buyurtmasi doirasida paxta xom ashyosi sotadigan fermer xo‘jaliklarini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan shartlar asosida ajratiladi.

Kreditlar miqdorlari paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berishni moliyalashtirish uchun davlat buyurtmasi doirasida paxta xom ashyosi sotadigan fermer xo‘jaliklari uchun amaldagi shartlar inobatga olingan holda hisoblanadigan hisob-kitob ehtiyojining kamida 60 foizini tashkil qiladi

Fermer xo‘jaliklari bilan xarid qilinadigan paxta xom ashyosi qiymatining 90 foizdan kam bo‘lmagan miqdori bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblar paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari tomonidan 2018-yilning sentabr oyidan boshlab dekabr oyigacha, qolgan qismi esa 2019-yilning 1-apreligacha amalga oshiriladi.

Paxta rejasini bajarmagan tumanlar tomchilab sug‘orish tizimiga o‘tkaziladi

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi uchun paxta xom ashyosi yetishtirish maqsadida ajratiladigan mablag‘lar fermer xo‘jaligining maxsus hisobraqamiga o‘tkaziladi va bu mablag‘lardan yangi paxta xom ashyosi hosili yetishtirish uchun faqat zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish uchun foydalanish mumkin. Ushbu mablag‘lar hisobraqamlar egalarining yangi hosilni yetishtirish bilan bog‘liq bo‘lmagan ilgari yuzaga kelgan majburiyatlarini qoplashga yo‘naltirilishi mumkin emas.

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etadigan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari va fermer xo‘jaliklari oladigan hamda ular tomonidan beriladigan, o‘zlari ishlab chiqaradigan mahsulotlarni sotish bo‘yicha oborotlar bilan bog‘liq bo‘lmagan pul mablag‘lari va mulk, shuningdek, sof daromad taqsimoti soliq solinadigan obyektlar hisoblanmaydi.