O‘zbekiston kollejlarida barcha xohlovchilar o‘qishi mumkin, darslarni adragoglar olib boradi

Rasmiy Toshkent 20-yil deganda ilk marotaba o‘rta maxsus ta’lim tizimini modernizatsiya qilishga qaror qildi. Nihoyat, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimida yig‘ilib qolgan muammolarning yechimi topildi
Sputnik

TOShKENT, 10 fev — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Kasb-hunar ta’limi markazi rahbari M.Xolmuxammedov Sputnik muxbiri bilan suhbatda endilikda kollejlarda ta’lim qay asosda olib borilishi haqida gapirib berdi.

Majidov: professor-o‘qituvchilar kasbiy malakalarini muntazam oshirib borishlari zarur
O‘zbekistonda kasb-hunar kollejlarida ta’lim tizimi o‘zgarishi bu ayni damda faoliyat yuritayotgan kollejlarning "yoppasiga yopiladi", degani emas. O‘zbekiston Prezidentining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorida kollejlar vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarga biriktirilishi belgilab qo‘yilgan.

Yuqori texnologiyalar sari intilgan mamlakat

O‘zbekistondagi kasb-hunar kollejlarining kelajakdagi qiyofasi haqida gapirishdan avval iqtisodiyoti u qadar rivojlanmagan mamlakatdan, qisqa vaqt oralig‘ida, yuqori texnologiyalar mamlakatiga aylangan, ushbu sohada katta sakrashni amalga oshirgan Koreya, Finlyandiya va Singapur haqida esga olsak. Mamlakatlar bunday yutuqqa o‘z ta’lim tizimiga to‘g‘ri o‘zgartishlarni kiritgani, ta’lim tizimida to‘g‘ri siyosatni olib borgani uchun erisha oldi. Ular o‘qituvchilikka iste’dodli kadrlarni jalb qilish maqsadida, ularning maoshi va obro‘sini keskin oshirgan edi.

Innovatsiya, innovatsiya, innovatsiya: bizga u nimaga kerak?
Ta’lim borasida eng ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganib, tajribada qo‘llashni rejalashtirgan O‘zbekiston ham mana shunday tezkor rivojlanish yo‘lini tanlamoqda.

Kelajak kollejlari qanday bo‘ladi, bu sohada qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi, degan savolga javob olish maqsadida Sputnik O‘zbekiston muxbiri poytaxtdagi kasb-hunar ta’limi markaziga tashrif buyurdi.

Kvalifikatsiya ramkalar va kasbiy standart 

Kasb-hunar ta’limi markazi rahbari M.Xolmuxammedov Sputnik muxbiri bilan suhbatda endilikda kollejlarda ta’lim qay asosda olib borilishi haqida ma’lum qildi. Kollejlar vazirilik va idoralar, buyurtmachi ish beruvchi korxonalar va tashkilotlarga biriktiriladi.

O‘zbekiston va Koreya qo‘shma ilmiy tadqiqot markazi tashkil qilinadi
"Har bitta tayyorlov yo‘nalishi bo‘yicha rivojlanish konsepsiyasi ishlab chiqiladi, milliy kvalifikatsiya ramkalar belgilanadi va kasbiy standart ishlab chiqiladi. Professional standart ma’nosi shuki, deylik, bitta ish o‘rni ishchidan qanday malaka va ko‘nikmalarni talab qiladi, ushbu holat o‘rganilib, shu asosda modulli o‘quv rejalari paydo bo‘ladi. Ta’lim jarayoni esa doimiy ravishda takomillashtirilib boriladi. Bundan maqsad —kasb-hunar ta’limi tizimi iqtisodiyot rivojlanishining muhim komponentiga aylanadi. Ya’ni, yuqori malakali ishchi, kasb egalari, iqtisodiyotning o‘rta bo‘g‘ini mutaxassislari tayyorlanadi.

Ayni damda iqtisodiyotda besh mingdan ziyod kasb va mutaxassisliklar uchun kasb ta’limi bo‘yicha ma’lumot talab etiladi", — dedi suhbatdosh.

Yaqin istiqbolda professional standart, milliy kvalifikatsiya ramkalari xalqaro kvalifikatsiya ramkalariga mos ravishda ishlab chiqiladi. Bu degan kollejlarda jahon mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishi yo‘lga qo‘yiladi. Kasblarning, mutaxassisliklarning murakkabligidan, o‘quvchilar egallashi kerak bo‘lgan bilimi, malaka, ko‘nikma va kompetensiyalar xajmidan kelib chiqib differensiallashgan 6 oydan 2-yilgacha bo‘lgan ta’lim dasturlari joriy qilinadi.

Avvalgilardan farqi nimada bo‘ladi?

Ayni damda kollejlar faqat 9-sinf bitiruvchilarini qabul qilgan bo‘lsa, endilikda bunday standartlardan voz kechilmoqda.

Yangi farmon: 11-sinf bitiruvchilari 6 oydan 2-yilgacha kollejda o‘qishlari mumkin
Misol uchun fuqaro o‘z kasbini o‘zgartirishni niyat qildi, deylik u o‘zi yashaydigan hududda yangi qurilgan tekstil fabrikaga ishga kirish uchun kasb-hunar o‘rganmoqchi. Biroq, bunday niyatda bo‘lganlarga keskin "yo‘q" javobi berilgan. Sog‘lig‘i to‘g‘ri kelmaganligi sababli, boshqa kasbni egallamoqchi bo‘lgan fuqarolar ham xuddi shunday muammoga duch kelishgan.

Endilikda esa kollejlarda nafaqat maktab bitiruvchilari, bunga qadar ham o‘rta-maxsus ma’lumot olgan, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, ishsiz qolish xavfi ostida qolgan ixtiyoriy yoshdagi fuqarolar ham tahsil olishlari mumkin bo‘ladi.

Kelgusida O‘zbekiston fuqarolari mehnat bozorida talab yuqori darajada bo‘lgan kasb-hunar sirlarini qisqa muddat ichida o‘qib o‘rganishlari yoki mehnat bozorida yaxshi ish o‘rnini qo‘lga kiritish uchun o‘z malakalarini oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Ta’lim shakli qanday bo‘ladi?

Hozirgacha kollejlar faqat kunduzgi ta’lim shakliga ega edi. Endilikda kollejlarda kunduzgidan tashqari sirtqi, masofaviy va uyg‘unlashtirilgan ta’lim yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, o‘qish muddati hozirgidek 3-yil majburiy bo‘lgan bo‘lsa, endilikda kasblarning murakkabligidan kelib chiqib 6 oydan 2-yilgacha muddatda ixtiyoriy etib belgilandi.

Ya’ni ehtiyoj bo‘ldimi, kelib o‘qib ketaverish imkoniyati yaratildi.

Ta’limda jarayon qanday kechadi?

Endilikda kollejlarda ta’lim innovatsion texnologik jarayonga o‘tkaziladi. Ya’ni, ilgarilari, an’anaviy ta’lim jarayonida darsga kirilganda, o‘qituvchining aytgani aytgan bo‘lib, kitobdan boshqa qo‘llanma bo‘lmagan.

Diplom cho‘ntakda, kelajak qo‘lda, xayolda nima?! - O‘zbek talabalari hayotidan reportaj
Endilikda bunday holatlar o‘tmishda qoladi.Zamonaviy kollejlarda o‘quv materiallari kasbga o‘rganuvchida tasavvur uyg‘otishi uchun vizuallashtiriladi, videodarslar yo‘lga qo‘yiladi (o‘quvchi xohlagan vaqtda o‘tilgan darsni qaytadan ko‘rishi mumkin bo‘ladi), videoinstruktorlar ta’lim jarayoniga kiritiladi (darsda biron sabab tufayli qatnasha olmagan talabalar uchun bu katta qulaylik tug‘dirishi turgan gap).

Shuningdek, virtual amaliy mashg‘ulotlar, multimediya resurslari yaratiladi, virtual laboratoriyalar tashkil qilinadi.

Endilikda kollejlarda qattiqqo‘l "meni aytganim bo‘ladi" deydigan pedagoglar o‘rnini insonning yoshiga qarab, uning salohiyatini belgilay oladigan, ta’lim olish jarayonida unga hamrohlik qiladigan "o‘qituvchi-andragog"lar egallaydi. Ularning mahorati va salohiyatini oshirish maqsadida yangitdan tashkil etilgan innovatsion rivojlantirish institutida maxsus maqsadli o‘quv kurslari, seminar-treninglar masofaviy hamda onlayn kurslar tashkil etiladi.

Endilikda kollejlarda o‘quvchilar vatanparvarlik ruhida va professional kasb egalari qilib tarbiyalanadi.

Ta’lim pulli bo‘ladimi?

Ta’lim dasturlari toifalariga bog‘liq bo‘ladi: 50 dan ortiq kasblarga tayyorlash ta’lim dasturlari 10-11 sinflarda ta’lim olish davomida o‘rgatiladi va to‘liq davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladi.

O‘zbekistondagi qator universitetlar o‘rtasida masofaviy ta’lim tizimi yaratildi
Yuqori texnologik tayyorgarlik talab qiladigan 6 oydan 1-yilgacha bo‘lgan kasbiy ta’lim dasturlari buyurtmachi ish beruvchi korxonalar, idora va tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladi.

Buyurtmachisi bo‘lmagan shaxslar o‘zlarining shaxsiy jamg‘armalari hisobidan to‘lovni amalga oshirishi mumkin.

1,5 — 2-yillik mutaxassislikni egallash bo‘yicha o‘rta maxsus o‘rta bo‘g‘in ta’lim dasturlari oliy ta’limga muqobillik asosida bir qismi grant hisobidan, bir qismi kontrakt hisobidan amalga oshiriladi.

Kelgusida kollejlarda stipendiyalar, bepul tushliklar tashkil etilishi mumkinmi, degan savolga markaz rahbari, "kollejlarda stipendiya, oziq-ovqat, kiyim kechaklar bilan ta’minlanish masalalari kollejni saqlash xarajatlarini qoplaydigan vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari imkoniyatlari doirasida belgilanadi.

Iqtisodiy jihatdan barqaror vazirlik, idora, korporatsiyalar, yirik ish beruvchilar o‘zlarining aksionerlari, ichki imkoniyatlari doirasida o‘quvchilar uchun qo‘shimcha stipendiya va shu kabi qo‘llab-quvvatlashlarni amalga oshirishlari mumkin", — dedi.

Muallifdan: Texnologik yangiliklarni ta’lim tizimiga kiritish - ta’lim tizimini hozirgi davrning eng qiziqarli jarayonlaridan biriga aylantiradi, bu shubhasiz. Demakki, ta’lim sohasidagi islohotlarni o‘z taraqqiyot strategiyasi, ichki siyosatining eng muhim  yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olgan O‘zbekiston yaqin kelajakda ta’lim tizimi bilan ham dunyo e’tirofiga sazovor bo‘ladi.