O‘zbekiston va Koreya qo‘shma ilmiy tadqiqot markazi tashkil qilinadi

© DANIEL LEAL-OLIVAS / AFPUcheniy izuchayet DNK s pomoshyu elektronnogo mikroskopa
Ucheniy izuchayet  DNK s pomoshyu elektronnogo mikroskopa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlatlararo hamkorlikning muhim yo‘nalishlardan biri – Koreya kimyo texnologiya tadqiqot instituti mutaxassislarini jalb qilgan holda mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish.

TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Koreya kimyo texnologiya tadqiqot instituti va "O‘zkimosanoat" birgalikda kimyo sohasida ish olib boruvchi ilmiy tadqiqot markazini tashkil qilishadi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Priyomka i uchot tkani na fabrike - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Janubiy Koreyaga 70 million $lik tekstil mahsulotlarni yetkazib beradi

Bugun markazni tashkil qilish bo‘yicha hamkorlik bitimini imzolash rejalashtirilgan.

"Markaz "TNIIXT" DU korxonasi va "Uzkimosanoatloyixa" jamiyat bazasida tashkil qilinadi. Markaz 4ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha ish olib boradi", — deya izoh berildi O‘zbekiston prezidentining Koreyaga rasmiy tashrifini yoritish matbuot markazi tomonidan.

Markazda neftkimyo, kimogaz, biokimyo, farmatsevtika bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.

Markaz mutaxassislari loyihalashtirish, zamonaviy dasturlarni tatbiq qilish bilan shug‘ullanishadi.

Bundan tashqari, markazda zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan diagnostik markaz va fizika-kimyo laboratoriya tashkil qilinadi.

KRICT rahbariyati 2018-yilda 3 nafar o‘zbekistonlik mutaxassis o‘qishga qabul qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bitiruvchilar ushbu tadqiqot markazda ish faoliyatini olib boradilar.

Yangiliklar lentasi
0