Yangi farmon: 11-sinf bitiruvchilari 6 oydan 2-yilgacha kollejda o‘qishlari mumkin

© Foto : Fozil FarxodStudenti pedagogicheskogo instituta v Chirchike
Studenti pedagogicheskogo instituta v Chirchike - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga 11-sinf o‘quvchilari qabul qilinadi.

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonini imzoladi. Ushbu farmon to‘liq matni Hukumat portalida berilgan.

Detskiy sad v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Vazir kelganini eshitgan oshpaz tayyor ovqatga xom go‘sht qo‘shdi - Toshkent bog‘chalaridagi ahvol

Hujjatda qayd etilishicha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi rivojlanishini tahlil qilish natijalari tizimning bugungi kun talablariga javob bermasligini va tub islohotlarga muhtojligini ko‘rsatgan.

Farmon talablariga muvofiq, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta ta’lim uzluksiz va bepul 11-yillik ta’lim negizida amalga oshiriladi.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul qilish umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosda, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo‘lish uchun 6 oydan 2-yilgacha bo‘lgan ta’lim muddatlarida amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0