O‘zbekistonga ayollar bilan ishlaydigan yangi qo‘mita kerak - Sayyora Xodjayeva

Demokratiya va inson huquqlari Instituti rahbari Sayyora Xodjayevaning fikricha, bugun ayollar yetakchilari oldida tamomila boshqa masalalar turibdi va hozirgi qo‘mitalar ularga yechim topa olmaydi
Sputnik

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Demokratiya va inson huquqlari instituti rahbari Sayyora Xodjayeva Sputnik O‘zbekiston muxbirining "Nega xotin-qizlar qo‘mitalari raislari joylarda ayollar taqdiriga ta’sir ko‘rsata olmayapti, ularni faol pozitsiyani egallashga ilhomlantira olmayapti?" degan savoliga javob berar ekan, barcha xotin-qizlar raislarini bir qolipga solmaslik kerakligini ta’kidladi.

Zamonaviy o‘zbek ayoli biznes-ledi bo‘lishi kerak - Sayyora Xodjayeva
"Barcha xotin-qizlar qo‘mitalari raislarini bir qolipga solish mumkin emas. Ular orasida o‘z vazifasini vijdonan, mas’uliyat ila bajarayotganlar, o‘z ortidan ergashtira oladigan, ko‘plab yaxshi ishlarni amalga oshirayotganlari va imkoni boricha ayollarning hammasiga yordam qo‘lini cho‘zayotganlari bor. Ammo o‘zingiz tushunasiz, daktiloskopiyada bir xil barmoq izlari uchramaydigandek, rahbarlar ham turli kalibrli bo‘lishadi", — dedi Xodjayeva.

Huquqshunos shuningdek, bu sohada zaxira kadrlar tayyorlash bo‘yicha tizim faoliyati yo‘lga qo‘yilmaganini, xotin-qizlar qo‘mitalariga rahbarlarni tayyorlaydigan maxsus maktablar O‘zbekistonda yo‘qligini qo‘shimcha qildi.

O‘zbekistonlik xotin-qizlar masalasi Alla Pugachovaning qo‘lidami?
"Prezident Boshqaruvi apparatida tayinlangan raislarni qayta tayyorlash kurslarigina mavjud. Soha mutaxassislari asosan o‘qituvchilar, shifokorlar va boshqa soha vakillari orasidan tanlab olinadi. Ularning malakasi va darajasi ham, tabiiyki turlicha bo‘ladi. Oddiy o‘qituvchi yoki shifokorning yaxshi rahbar bo‘lishi, ayollar bilan ishlash sohasida yetuk mutaxassisga aylanishi uchun yillar talab etiladi", — qo‘shimcha qildi u.

Xodjayevaga ko‘ra, xizmat lavozimida o‘sish yo‘qligi, mentalitetdan kelib chiqqan holda shakllanib bo‘lgan munosabat ham joylarda Xotin-qizlar raislarini "tepadan buyruq kutishga" o‘rgatib qo‘ygan. Shu tufayli ular tashabbus ko‘rsatmaydilar.

"Fikrimcha, ularning o‘zlarida aynan motivatsiyaning yo‘qligi shunga olib keldiki, ayrim xotin-qizlar qo‘mitalari raislari ayollar taqdiriga ta’sir ko‘rsata olmadilar", — dedi Xodjayeva.

"Haqiqiy yetakchi ayol qanday bo‘lishi kerak nazdingizda? Ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlar faoliyati haqida ko‘plab salbiy fikrlarni uchratish mumkin, O‘zbekistonga bunday qo‘mitalar kerakmi o‘zi?", — degan savolga ham javob berdi.

O‘zbekiston prezidenti ayollar to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi
"Mening nazdimda yetakchi ayol, umuman har qanday yetakchi — bu ortidan odamlarni ergashtira oladigan, eng yaxshi fazilatlarga va ko‘nikmalarga ega, yangilikni his qila oladigan, o‘z so‘zi bilan ko‘ndira oladigan, o‘zini tutishi va faoliyati orqali boshqalarga namuna bo‘la oladigan insondir. Nazarimda, bizning xotin-qizlar qo‘mitalarimiz, joylarda ularni muntazam ravishda faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilib kelishgani bilan, mamlakat mustaqilligi, o‘tish davri yillarida yaxshi xizmatni ado etdilar. 90-yillardagi ayollar bilan hozirgi ayollar o‘rtasidagi farq — osmon bilan yercha.

Shu bilan birga, ular oldida bugun tamomila boshqa masalalar turibdi va hozirgi qo‘mitalar ularga yechim topa olmaydi. Mamlakat prezidenti tashabbusi bilan jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, shuningdek, biz 1995-yildayoq ratifikatsiya qilgan BMTning "Ayollarga nisbatan har qanday shakldagi kamsitishlarni yo‘q qilish" Konvensiyasi talablaridan kelib chiqqan holda, ayollar bilan mutlaqo yangicha uslublarda ish olib borish va yangi tuzilmalarni tashkil qilish talab etiladi. Deylik, bu vazirlik yoki ayollar masalalari bo‘yicha Davlat qo‘mitasi bo‘lishi mumkin, bunga yoshlarni ham jalb qilish mumkin.

Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyati haqida bildirilayotgan o‘ta salbiy fikrlarga keladigan bo‘lsak, tanqiddan osoni yo‘q. Ularni tanqid qilayotganlar bir necha kun bo‘lsa ham bu ishda ishlab ko‘rishlari kerak. Men o‘zim olti yil xotin-qizlar qo‘mitasi raisi — Toshkent viloyati hokim-o‘rinbosari bo‘lib ishlaganman, va kechirasizu, bu ishning qanchalik murakkabligini o‘z tajribamdan bilaman", — xotima qildi Xodjayeva.