AQSh - moliyaviy jihatdan shaffof bo‘lmagan davlatlar ro‘yxatida yetakchi o‘rinda

Moliyaviy jihatdan eng shaffof bo‘lmagan davlatlar reytingida AQSh ikkinchi o‘rinda, birinchi o‘rinda Shveysariya
Sputnik

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Bugungi kunda AQSh yuristiksiyalari ofshor xizmatlar bozorida yetakchilik qilishmoqda. Ekspertlar fikriga ko‘ra, aynan o‘g‘irlangan pullarni yashirish uchun AQSh — eng qulay davlat hisoblanadi. RIA Novosti materialiga asosan.

Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi Amerika ustidan arz qildi

Hukumat homiyligi

Moliyaviy jihatdan shaffof bo‘lmagan davlatlar reytingi Britaniyaning Tax Justice Network nodavlat tashkiloti tomonidan tuzilgan. Ro‘yxat ikki asosiy omil asosida shakllanadi: mamlakatda yashirilgan mablag‘lar miqdori va moliyaviy maxfiylik darajasiga e’tibor beriladi.

2015 yilda ushbu reytingda AQSh 3 o‘rin egallagandi. O‘sha vaqtdan keyin dunyo bozorida ofshor moliyaviy xizmatlarning ulushi 14 foizdan 22,3 foizga ko‘payib ketdi. "AQSh soliqlardan qochish va norezidentlar uchun mahfiylik bo‘yicha federal hamda shtatlar doirasida ulkan imkoniyatlarni taqdim etadi. <…> Ko‘p holatlarda federal darajasida hukumat homiyligida yoki ularni tasdig‘i bilan tashkil etilgan", — deb ta’kidlashdi reyting mualliflari. 

Reyting mualliflariga ko‘ra, "AQSh ofshor xizmatlari jahon bozorida katta ulushga ega, uning asosiy raqibi bu London sitidir".
Tax Justice Network qayd etishicha, London siti asosan ko‘plab dengiz hududlarga tayanadi, amerikaliklar esa "asosan ichki bozorda, va AQSh moliya sanoati ta’siri juda katta iqtisodiyot bo‘yicha tarqalgan". Ofshor mablag‘lari to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlatning milliy xo‘jaligiga ishlaydi.

"AQShning moliyaviy noshaffofligi elitalari talon-taroj qilingan pullarni xavfsiz joy sifatida ishlatgan davlatlarning oddiy fuqarolariga AQSh mislsiz zarar yetkazadi", — deb yozishgan hisobot mualliflari.

O‘n yillik mojaro

2008 yilda nemis soliqchilari ma’lumot to‘plashning nostandart usulini topdilar: Shimoliy Reyn-Vestfaliya shtati amaldorlari Lixtenshteyndagi bank mijozlari ma’lumotlar bazasi uchun ayrim xakerlarga bir necha million dollar miqdorida haq to‘lashdi.

Maxsus operatsiya oqibatida ofshorga o‘z pullarni olib ketgan Germaniya fuqarolaridan 200 million yevrodan ortiq soliqlar undirildi.

Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash bo‘yicha hattoki eng yetakchi boshqaruvchisi — Deutsche Post rahbari hibsga olingandi.

AQSh Markaziy Osiyodagi mamlakatlarning birida "S5+1" formatida uchrashuv o‘tkazmoqchi

Keyinchalik hammasi jadallashib ketdi. Shveysariya (ushbu davlat ko‘p vaqt o‘zining moliyaviy institutlari sarmoyachilari sir saqlagan) bankirlari o‘zining AQSh va Fransiyadagi mijozlari to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etishdi. London va Berlinni Lixtenshteyn bilan axborot almashinuvi haqida bitim imzolashga majbur qilishdi. 2010-yilda Germaniya (Germaniya Federativ Respublikasi) hukumatiga yana bir ma’lumotlar bazasi kelib tushdi — bu safar shveysariya banklaridan. Undirilgan qarzdorlik miqdori 900 million yevroni tashkil qildi.

Jiddiy jang boshlandi — Yevropa ittifoqi davlatlariga budjetni to‘ldirish uchun mablag‘ kerak edi. 2013-yilda Yevrokomissiyasi yo‘qotishlar tufayli to‘lanmangan soliqlar miqdori trillion yevroga yetdi. Shu yilning o‘zida Fransiya moliya vaziri Jer Kayuzak Shveysariya banki hisobida bir necha yuz ming yevro pul mablag‘larini yashirganligi yuzasidan ayb qo‘yildi.

AQSh Ramzan Qodirovni "qora ro‘yxat"ga kiritdi

Buyuk Britaniya g‘aznachilik kansleri Jordj Osborn so‘zlariga ko‘ra, Yevropa ittifoqi hukumati "Yashirinish uchun joylar, borgan sari kam qolmoqda" degan signal berishmoqda. Yevropadagi moliyachi sheriklar Osborning o‘ziga Birlashgan Qirollik yurisdiksiyasida pullarni soliq xizmatlardan yashirish bo‘yicha ko‘plab markazlar borligi bo‘yicha ayblovlar qo‘yildi.

Shu yilning o‘zida Kipr inqirozi yakunlandi — orol davlati hukumatiga bank sarmoyadorlarning pullarini qisman olib qo‘yishga rozi bo‘lishga to‘g‘ri keldi.

Natijada pullar boshqa yurisdiksiyalarga oqib o‘tdi. "Ofshorlar bilan kurash Yevropa o‘z ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlarini kurash olib bormaydigan joyga quvib bordi. Agarda tadbirkorda tanlov bo‘lsa, u pullarni olib qo‘yilishi xavfi yoki soliqlarni to‘lamaslik bo‘yicha ayblanmaslikka harakat qilishni afzal ko‘radi" — deb ta’kidlaydi strategik kommunikatsiya markazi prezidenti Dmitriy Abzalov.

Bozorning ko‘rinmas qo‘li

Biroq Vashington o‘z ofshorlarining soliq tartibini o‘zgartirmoqchi emas edi. "Tadbirkorning orzusi — AQShda ofis ochish bo‘lishi kerak. Bu mantiq ofshor operatsiyalar bozorini monopollashtirish, o‘z biznesini bir yurisdiksiyaga o‘tkazishga majbur qiladi. Bu har qadamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida bong urishga halaqit qilmaydi", — deya kinoya qiladi Abzalov.

O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Xavfsizlik kengashi majlisida ishtirok etadi

2017 yil dekabrda AQSh kongressi prezident Donald Trampning soliq islohotlarini tasdiqladi. Ularda yuridik shaxslar uchun daromad solig‘i stavkasini pasaytirishni nazarda tutadi.

AQSh ma’muriyati hisobiga ko‘ra, yangi choralar mamlakatga ofshorlardan 4 trillion dollarga yaqin mablag‘ni qaytarishga yordam beradi.

Yanvar oyining o‘zida Apple kompaniyasi AQSh budjetiga 38 milliard dollar pul to‘lashini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari, kompaniya mamlakat ichki ishlab chiqarish quvvatlariga 30 millard dollar investitsiya kiritish va 20 ming ish o‘rinlar yaratishga va’da beradi.

Dmitriy Abzalovning so‘zlariga ko‘ra, AQSh soliq tartibi Trampning fuqarolar tomonidan xorijga olib ketilgan pullarni qaytarishga qaratilgan siyosatiga to‘g‘ri keladi.

"Uning aktivlarni qaytarish bo‘yicha konsepsiyasi ofshorlar konsepsiyasiga juda mos keldi. AQSh Saudiya Arabiston bilan bitim tuzadi. Vashington tan olganidek, u yerda demokratiya yo‘q. Oq uy uchun barcha pullar — bir rangda", — deb qo‘shimcha qildi ekspert.